1-ma’ruza: Kirish bolalar adabiyoti fan sifatida, uning maqsadi va vazifalari. Reja


-ma’ruza. G’ayratiyning hayoti va ijodiy faoliyati


Download 0.73 Mb.
bet7/31
Sana26.06.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1655091
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31
Bog'liq
Bolalar adabiyoti MA'RUZA MATNI (2)

6-ma’ruza. G’ayratiyning hayoti va ijodiy faoliyati.


Reja
1. 20-30-yillar o’zbek bolalar adabiyoti.
2. G’ayratiyning hayoti va ijodi.
3. G’ayratiyning ijodiy merosi.

XX asr boshlarida A.Avloniy, Hamza, M.Abdurashidxonovlar ijodi misolida asosan ma’rifatparvarlik adabiyoti sifatida shakllangan o‘zbek bolalar adabiyoti 20-yillar oxiri 30-yillar boshida o‘sha davr muammolarining real tasviri orqali yangicha bosqichga ko‘tarildi.


Bu davr adabiy jarayoniga Zafar Diyor, Sulton Jo‘ra, Shukur Sa’dulla, Quddus Muhammadiy, Ilyos Muslim, G‘ayratiy kabi professional bolalar yozuvchilarining kirib kelishi bilan ajralib turadi. Necha-necha avlodlar tarbiyasiga xizmat qilgan Zafar Diyorning «Kitob mening do‘stimsan», «Sentabr qo‘shig‘i», «Bog‘chamiz» , Sulton Jo‘raning «A’lo» va «Yaxshining maqtovi», «Harflar paradi», «Tinish belgilarining majlisi», «Ikki baho», «Kimning xati chiroyli», «Mamatning kechirmishi» she’rlari shu davr mahsulidir.
30-yillar bolalar adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri G‘.G‘ulom, H.Olimjon, Oybek, Uyg‘un kabi kattalar adabiyoti vakillarining ham kichkintoylar uchun barakali ijod qilishlari bilan bog‘liq. Jumladan, G‘.G‘ulomning «O‘rdak va Turg‘un», «Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi», «Shum bola», Oybekning «Temirchi Jo‘ra», «Gulnor opa», «Zafar va Zahro», «Qonli barmoqlar» nomli asarlari bolalar adabiyotining shundan keyingi taraqqiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi.
20-yillar o‘zbek bolalar adabiyotida umumadabiyot singari «yangi hayot» tantanasini kuylash keng miqyosda yo‘lga qo‘yildi. 1932 yil V.K.P.B markaziy komitetining «Adabiy badiiy nashriyotlarni qayta tuzish haqida»gi qaroridan keyin barcha yozuvchilar yagona uyushmaga birlashdilar. Shu yillari G‘.G‘ulom «Shum bola», «Turksib yo‘llarida», «Nortojining kurak tishi», «Ahmad yomon bola emasku, ammo», «Tirilgan murda», «Ko‘kan», «Yodgor», «Netay» kabi qissa va hikoyalarni, she’rlarni dostonlarini yaratdi.
XX asrning 20-30 yillarida Ilyos Muslim, H.Olimjon, G‘ayratiy, Dorjiya Oppoqova, Zafar Diyor, Sulton Jo‘ra kabi shoir va yozuvchilar bolalarga bag‘ishlab turli janrdagi asarlarni yaratishdi. Ularning ichida H.Olimjonning «Oygul bilan Baxtiyor», «Semurg‘ bilan Parizod» kabi ertak poemalari dunyo yuzini ko‘rdi. Oybek esa «Temirchi Jo‘ra», «Gulnor opa», «Baxtigul va Sog‘indiq», «Zafar va Zahro» kabi asarlari bilan bolalar adbiyotining rivojiga munosib hissa qo‘shdi.
XX asrning 30-yillarida Z.Diyor kichik yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan «Yashna Vatan», «Gunafsha» kabi ixcham misrali o‘ynoqi she’rlarini yaratgan bo‘lsa, Sulton Jo‘ra «Tinish belgilarining majlisi», «Zangori gilam», «Kimning xati chiroyli», «Harflar paradi» kabi she’r va ertaklarida didaktik g‘oyalarni ilgari surdi. Bir qo‘lida qalam, bir qo‘lida qilich bilan jangga otlangan S.Jo‘ra urush yillarida ham, jang maydonlarida jon olib jon berish bilan birgalikda «Yovga o‘lim», «Muhammad to‘pchi» kabi asarlari bilan vatanparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etdi.
Urushgacha bﳝlgan davr o‘zbek bolalar adabiyotida asosan, she’rlar, ertaklar, dostonlar yaratilgan bo‘lsa, urush davrida asosiy e’tibor yovuz dushmanga qarshi kurashga qaratildi. Z.Diyorning «Maktab sening fronting», «Qurol bering menga ham» kabi she’rlari shu davr mahsulidir.
Adabiyotni o‘z mohiyatiga ko‘ra jo‘shqin daryoga qiyos qilsa bo‘ladi. Daryo suvlaridan dalalar, dov-daraxtlar gullab-yashnasa, adabiyot inson qalbiga ezgulik urug‘ini sepadi, uni hayotda to‘g‘ri yashashga, ulug‘ maqsadlar yo‘lida kurashishga o‘rgatadi. Daryo irmoqlardan vujudga keladi. Adabiyotimiz irmoqlari esa adiblarimiz yaratgan asarlardan iborat. Daryolarning sesuvligi, hayqirib oqishi irmoqlar suviga bog‘liq bo‘lgani singari, adabiyotning jo‘shqinligi, kurashchanligi – hayotda tutgan o‘rni undagi asarlarning sifatiga qarab belgilanadi.
O‘zbek bolalar adabiyotining hozirgi kamolot bosqichiga erishishida uning irmoqlaridan biri – G‘ayratiy ijodining ham salmoqli hissasi bor. Adabiyotga Hamid Olimjon, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor, Maqsud Shayxzoda, Uyg‘un, Komil Yashin, Mirtemirlar bilan baravar kirib kelganlardan biri G‘ayratiydir.
Yosh Abdurahim oldin eski maktabda, bir necha muddat madrasada, keyin esa, qisqa muddatli ta’lim-tarbiya kurslarida o‘qiydi. Maktablarda dars beradi.
G‘ayratiy ijodining shakllanishida Hamzaning ta’siri kattadir. Bu haqda yozuvchining o‘zi keyinchalik quyidagilarni yozadi: «Men Hamza bilan teatr truppasida tanishdim... Hamza bilan adabiy suhbatlar o‘tkazib ko‘p narsa o‘rganar edik, Hamza Hakimzoda Niyoziy bilan muntazam suratda suhbatlashib turish menga o‘xshagan adabiyot havaskorlari uchun katta adabiy maktab bo‘ldi».
Hayotga va mehnatga, kelajakka ishonch va sobit e’tiqod G‘ayratiy she’riyatining g‘oyaviy mazmunini tashkil etadi. Shu jihatdan uning «Vatan», «Shoir», «Suhbat», «Yoshlik» kabi she’rlari xarakterlidir.
U davr bilan hamnafas bo‘lishni, xalq baxt-saodatini kuylashni ijodining asl maqsadi deb bildi. Buni u «Shoir» she’rida quyidagicha ifodalaydi:
Yo‘qlik dostonin har damda o‘qib,
Afsonalardan ma’nolar to‘qib,
Yashash yo‘lidan ketmakka qo‘rqib,
Ommadan uzoq bo‘lmasin shoir...
Shoir ijodining dastlabki davrlarida yaratilgan bu she’r badiiy jihatdan birmuncha zaif. Ammo u yozuvchining butun ijodiy faoliyati uchun programm xarakterga ega ekanligi tufayli ahamiyatlidir.
G‘ayratiy she’riy asarlar bilan birga, «Yosh partizanlar», «Otamning xotira daftari», «Siz – mening yoshligimsiz» kabi ko‘plab hikoya va qissalar ham yaratdiki, ular davr bilan, yozuvchining ko‘rgan-kechirganlari bilan chambarchas bog‘liq.
Syujet voqealarining tarangligi hamda ularning qiziqarli tarzda qurilishi «Rustamjonning sarguzashtlari» qissasining muhim fazilatidir. Qissaning qiziqarliligi unda urush davridagi shiddatli voqealarning hikoya qilinishi bilangina vujudga kelgan emas. Balki tasvirda sarguzasht uslubining ustunligi ham muhim rol o‘ynagan.
Rustamjonning sarguzashtlari otasi bilan birga yozgi kanikul paytida Ukrainada yashovchi tog‘alarinikiga mehmonga borishlaridan boshlanadi.
Rustamjon Ukrainada Orif va Seryoja degan o‘rtoqlari bilan turli voqealarni boshdan kechiradi. Urush millionlar qatori ularni ham og‘ir sinovlardan o‘tkazadi. Rustamjon oyog‘idan yaralangandan keyin gospitalda davolanib, jonajon qishlog‘iga qaytib keladi. Taqdir unga bu yerda ham kulib boqmaydi: hunar maktabida o‘qiyotgan Tolik degan bezori bolaning ta’siriga tushib qoladi. Maktabni tashlab, birgalikda Qo‘qonga qochadilar. Lekin ko‘ngli toza va to‘g‘ri bo‘lganligi sababli yomon yo‘lga yurmaydi. Aksincha, chayqovchi Karim aka bilan armiyadan qochib yurgan Orif polvonni fosh etadi.
Umuman, «Unutilmas kunlar» kabi «Rustamjonning sarguzashtlari» qissasi ham urush davri o‘zbek bolalar nasrining yaxshi namunasidir. Bulardan tashqari, G‘ayratiy dramatik asarlar ham yaratgan. Uning «Omon», «Yo‘ldosh», «Qanotli do‘stlar», «O‘rmonda» kabi dramalari uzoq yillar respublika qo‘g‘irchoq teatri va yosh tomoshabinlar teatri repertuaridan mustahkam o‘rin olib keldi.
Adabiyotlar:

  1. O‘zbek bolalar adabiyoti antologiyasi. 1-jild. – T.: O‘qituvchi. 2006.

  2. Jumaboev M. O‘zbek bolalar adabiyoti. – T.: O‘zbekiston. 2002.




Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling