1-ma’ruza: Kirish bolalar adabiyoti fan sifatida, uning maqsadi va vazifalari. Reja


Download 0.73 Mb.
bet10/31
Sana26.06.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1655091
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31
Bog'liq
Bolalar adabiyoti MA'RUZA MATNI (2)

Qirq kunduzu qirq kecha
Bulutni kecha-kecha,
Qaldirg‘ochim par qanot
Endi baxtiyor qanot.
Bizga kelib yetibdi
Va sayrab shunday depti:
-Eh... Hur Vatan! Jon Vatan!...
Qishda ham jonajonsan,
Ilituvchi nuring bor,
Bizga issiq o‘rning bor!
Bu ertak bolalarning urushga qarshi nafratini oshirishda, Vatanimizning tinchlik tayanchi ekanini yanada chuqurroq tushunishda, uni sevishda katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir.
Sulton Jo‘raning “Havorang gilam” ertagida ijobiy qahramon Rahimdir. U o‘tmishda og‘ir kulfatlarni boshidan kechiradi.
Rahim zindondan qochib, uyiga kelsa, na xotini, na qizi bor. Uning xaroba uyini shoir:
Uy o‘rnida bir devor!
Atrofi o‘t-tikanzor,- deb tasvirlaydi. G‘azab bilan yongan Rahim boylarga qarshi kurashga bel bog‘laydi. Ertakda shoir asar qahramoni Rahimning hayoti haqida hikoya qilar ekan, uning xarakteridagi eng muhim belgini-xalq bilan chambarchasligini ko‘rsatadi.
Dostonda yovuzlarga qarshi bir tan, bir jon bo‘lib kurashgan xalq ozodlikka chiqadi, zulimkorlarni tag-tubi bilan yo‘q qilib baxtli hayotga erishadi. Shoir “mozorday jimjit”,”Qushlar uchsa qanoti, inson yursa oyog‘i” kuyadigan bepayon dasht-cho‘llarda endi yangi hayot qiynayotganini tasvirlab, bularning hammasi rahimlarning kurashi, mehnati tufayli yuz berganligini bolalarga hikoya qiladi:
Cho‘l o‘rnida bog‘-bo‘ston,
Rang-barang bir guliston...
Qo‘ng‘irog‘day shalola,
Oy kabi nurli dala...
Daryoni qilib qamal
O‘tkazishgan zo‘r kanal...
Xullas, go‘yo bu-sara
Va ajoyib manzara
O‘xshardi bog‘qan sari
Gilamchaki-zangori!...
Ko‘rdi: ko‘mko‘k keng dala,
Unda ishlar bir gala
Son-sanog‘siz er-xotin,
Ekardilar zar-oltin...
Xalq ommasining mehnati tufayli ajoyib shaharlar, cho‘l o‘rnida bo‘stonlar yaratilishini tasvirlash orqali shoir kattalar mehnatiga bolalarning havasini oshiradi.
Sulton Jo‘ra bu ertakning maktab yoshidagi bolalar saviyasiga mos, tushunarli bo‘lishi uchun ancha kuch sarflagan, bunda u tojik xalq og‘zaki poetik ijodidan samarali foydalangan.
Sulton Jo‘ra “Sog‘inchli salom” she’rida Vatanga muhabbat, dushmanga nafrat hislarini va g‘alabaning mug‘arrarligini tasvirlaydi. Shoir nemis bosqinchilarining yovuzliklari va vahshiyliklarini, insoniyat boshiga solgan azob-uqubatlarini, jabr-zulmini “guli g‘unchalari”, “oltin yulduzchalari”, “girgitton qizchalari”ga sog‘inchli salom yozar ekan, ularga fashistlar vayron qilgan joylardagi xalqning og‘ir ahvoli, yosh bolalarning ayanchli taqdiri haqida hikoya qilib beradi. Shoir urush va uning dahshatlarini, xalqning azob-uqubatlarini o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, boshidan kechirgan bir kampir tilidan so‘zlab voqeaning ta’sirchanligini, bolalar ongiga tez, oson yetib borishini ta’minlaydi. Kampirning qalbi dardga to‘la. Ham, alam, qasd uning butun vujudini egallab olgan. Uning so‘zlaridan fashistlar tomonidan otib o‘ldirgan qizi va nevarasining fojeasigina emas, umuman dushmanning yovuzligi, rahm-shafqatsizligi ro‘y rost ochib berilgan:
Ko‘zim ochsam ne ko‘ray:
-Voy! “Qo‘rqinchli manzara”
Ko‘kragidan qon og‘ib,
Erda yotar Varvara...
Fashist jallod nayzasin
Sanchibdi ko‘kragidan,
Bolaning hali yoshi
Ketmagan kiprigidan,
Bir tomonda onasi,
Bir tomonda bolasi,
Qon ichida yotibdi.
E-voh, har ikkalasi!..
Urush dahshatlarining kichik bir parchasini yuqoridagiday tasvirlash bilan shoir bolalarning murg‘ak dilida urush olovini yog‘uvchilarga nisbatan kuchli nafrat tuyg‘ularini qo‘zg‘atadi. Ular qalbida tinchlik, do‘stlik, baxtiyorlik haqidagi ulug‘ maqsad, buyuk orzu hislarini uyg‘otadi.
Obod qishloqlarni vayron qilgan, begunoh kishilarning umrini xazon qilgan fashistlardan qasos olishga bel bog‘lagan Qazabkor otaning hayqirig‘i tubandagi misralarda zo‘r mahorat bilan tasvirlangan:

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling