1-maʼruza. Kirish. Entomologiya fanining maqsadi, vazifalari va rivojlanish tarixi Reja
Download 81 Kb.
|
1-mavzu
Entomologiya fanining tarixi. Hasharotlarga qiziqish qadim zamonlardan boshlangan. Ular dastlab oziqa mahsuloti sifatida qaralgan bo’lsa, keyinchalik chorvachilik, dehqonchilik yo’lga qo’yilgach, zararkunandalar sifatida o’rganila boshlandi. Shunda ular orasida foydali hasharotlar ham borligi aniq bo’ldi. Natijada ipakchilik, asalarichilik kabi entomologiyaning shohobchalari paydo bo’ldi.
Ammo hasharotlarni ilmiy asosda o’rganish XVII asrdan boshlandi. Italiyalik olim I. Malpigi (1628-1694) hasharotlarni ayruv organlarini o’rgandi va ular xozir «Malpigi naylari» deb ataladi. Golland olimi Ya. Svammedam (1637-1680) hasharotlarning anatomik tuzilishini o’rgandi va taraqqiyoti metamorfoz yo’li bilan borishini aniqladi. Shvetsariyalik tabiatshunos SH. Bonnьe 1765 yilda hasharotlarda partenogenez hodisasini aniqladi. K. Linney (1707-1778) «Tabiat sistemasi» asarida hasharotlarni alohida sinf sifatida ajratadi. R.A.Reomyur (1683-1757) hasharotlarning morfologiyasi va biologiyasini o’rganishga katta hissa qo’shdi. Rus olimi P.S. Pallas (1741-1811) hasharotlar faunasi o’rganishga katta hissa qo’shdi. XIX asrda entomologiya tez rivojlanadi. Jumladan, 1832 yilda Frantsiyada, 1833 yilda Angliyada entomologlar jamiyatlari tuzildi. 1859 yilda Rossiyada entomologlar jaiyati tuziladi va uning birinchi prezidenti akademik K.M. Ber edi. Rossiyada entomologiyani fan sifatida rivojlanishda G.Y. Fisher-Valьdgeymning (1771-1853) «Entomografii Rossiyskoy imperii», professor E.K. Brantning (1839-1891) «Hasharotlarning nerv sistemasi», F.P. Keppenning (1833-1908) 3-tomlik «Zararkunanda hasharotlar» kitoblari, A.O. Kovalevskiy (1840-1901), I.I. Mechnikovlarning (1843-1916) asarlari katta ahamiyatga ega bo’ldi. XX-asrda amaliy entomologiya rivojlandi. Rossiyada 1894 yilda «Entomologiya byurosi» tashkil etildi va uni I.A. Porchinskiy (1848-1916) boshqardi. N.A. Kolodkovskiy (1858-1921) «Nazariy va amaliy entomologiya kursi» asarini yozdi. I.Ya. SHevirov (1986-1920) o’rmon xo’jaligi entomologiyasiga asos soldi. 1904 yilda V.P. Pospelov (1872-1949) Kievda entomologiya stantsiyasini tashkil etdi. Stantsiyaning asosiy vazifasi kand lavlagi zararkunandalariga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish edi. 1911 yilda V.P. Plotnikov (1877-1949) tomonidan Turkiston entomologiya stantsiyasi tashkil etildi. Bu keyinchalik O’rta Osiyo o’simliklarni himoya qilish ilmiy tadqiqot institutini tashkil etilishga olib keldi. N.V. Kurdyumov (1885-1917) qishoq xo’jaligi entomologiyasi nazariyasini yaratdi. A.P. Semyakov-Tyan-Shanskiy (1866-1942) O’rta Osiyo hasharotlari faunasi va tarqalishini o’rganadi. G.G. Yakobsan (1871-1916) to’g’ri qanotlilar va qo’ng’izlarni o’rgandi. A.K. Mordvilks (1867-1938) o’simlik bitlari sistematikasi va biologiyasini o’rgangan. Avstraliyalik A. Gadlirshyam (1865-1935), A.V. Martinov (1878-1938) va B.N. Shvanich (1889-1957) hasharotlar sinfi klassifikatsiyasining asoschilari hisoblanadi. Kapalakshunos N.Ya. Kuznetsov (18731948) 2-tomli «Osnovы fiziologii nasekomыx», B.N. SHvanvich «Kurs obshey entomologii» kitoblarini yozdilar. A.V. Martinov hasharotlar paleontologiyasiga asos soldi. Akademik N.M. Kuligin (1860-1940) Moskva davlat universitetida, keyinchalik K.A. Timiryazov nomli Moskva qishloq xo’jaligi akademyasida, M.N. Rimiskiy-Korsakov (1873-1951) Sankt-Peturburg universitetida entomologiya kafedrasini ochdilar. Sankt-Peturburgda Zoologiya insituti tashkil topishi entomologiya fanining rivojlanishiga katta hissa qo’shdi. 1930 yilda Sankt-Peturburgda o’simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot insituti, 1931 yilda Toshkentda O’rta Osiyo o’simliklarini himoya qilish ilmiy-tadqiqot insituti tashkil etildi. N.N. Bogdanov-Katkov (1894-1955) o’simliklarni hasharotlardan himoya qiluvchi mutaxassislar tayyorlashda katta hissa qo’shdi. V.F. Boldirev (1883-1957) to’g’ri qanotlilarning biologiyasini chuqur o’rgandi va Moskvadagi qishloq xo’jaligi akademiyasida entomologiya kafedrasini bir necha yil boshqardi. U zararkunanda hasharotlarga qarshi aviatsiyadan foydalanishni taklif etdi. V.N. Beklemishev (1890-1962) 30 yil davomida Moskva parazitologiya va tropik meditsina ilmiy-tadqiqot insitutini boshqardi. U meditsina entomologiyasini, ayniqsa odamlarda bezgak kasalini qo’zg’atuvchisi bezgak chivinini har tomonlama o’rgandi. G.Ya. Bey-Bienko (1903-1970) «Obщaya entomologiya» darsligini yozdi. Akademik V.N. Pavlovskiy (1874-1962) bir necha yil zoologiya insititutining direktori, entomologiya jamiyatining prizidenti bo’lib ishladi va parazitologiya faniga katta hissa qo’shdi. O’zbekiston Respublikasida ham entomologiya fani munosib rivojlanmoqda. Dunyoga mashhur olim UzFAning muxbir a’zosi V.V. Yaxontovning «O’rta Osiyo qishloq xo’jaligi zararkunandalari» (1962) kitobi oliy o’quv yurtlari studentlari uchun darslik sifatida hozirgacha foydalanilmoqda. O’zFA muxbir a’zosi, R.A. Olimjonovning «Sug’oriladigan dehqonchilik yerlarining umurtqasiz hayvonlar zoofaunasi», «Entomologiya» darsligi mavjud. S. Alimuxamedovning «Kanalar biologiyasi va ekologiyasi» ilmiy asarlari yuqori baholandi. O’zbekistonda N. Ergashev, S. Murodov, S. Qodirov, A.G.Davletshina, Bekuzin, S.N. Alimuxamedov,SH.T.Xo’jaev,O.SH.Xamraev,B.Adashkevich va boshqa entomologlarning fan rivojlanishidagi mehnatlari yuqoridir. Download 81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling