1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja
Download 261.85 Kb.
|
Dorivor o’simlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dorivor preparatlari
Kimyoviy tarkibi. Laminariya tarkibida uglevodlar(30%gachapolisaxarid - laminarin, 21 % mannit, 4 % l-fukoza, galaktan va pentozanlar) hamda karotin, vitamin B1, V2, B12, S, pigmentlar va 2,7-3 % yod bo‘ladi. Yodning asosiy qismi (40-90%) yodidlar va yod organik birikmalar holida uchraydi. Laminariyaning kulida brom, temir, kalsiy, kaliy, natriy va mikroelementlardan Mn, V, Su, As, So lar bor.
Ishlatilishi. Laminariya va laminarid preparati engil surgi dorisifatida surunkali qabziyatda me’da ishini normallashtirish uchun beriladi. Yirik kukunidan 1-2 choy qoshig‘ini suvga aralashtirib, uxlashdan oldinichiladi. Vitaminlar va mikroelementlarga boy preparat sifatida raxit, ateroskleroz, shirincha, osteomielit, buqoq kasalliklarini davolashda va ularning oldini olishda hamda moddalar almashinuvini yaxshilash uchun ham ishlatiladi. Laminariyani Xitoy va YAponiyada qadimdan parhez vosita sifatida ishlatib kelingan. Tabiblar esa bu o‘simlik bilan buqoq kasalligini davolaganlar. Dorivor preparatlari.Yirik kukuni(poroshogi)va laminaridpreparati. ZIFIR URUFI – SEMINA LINI O‘simlikning nomi. 3ig‘ir- Linum usitatissimum L.;zig‘irdoshlar- - Linaceae oilasiga kiradi. Bir yillik o‘t o‘simlik. Poyasi tik o‘suvchi, ingichka, silindrsimon, yuqori qismi shoxlagan. Bargi lansetsimon yoki chiziqsimon, o‘tkir uchli, tekis qirrali bo‘lib, poyada ketma-ket, bandsiz o‘rnashgan. Gullar poya va shoxlari uchida bo‘ladi. Kosacha bargi, toj bargi hamda changchisi (otaligi) beshtadan, onalik tuguni esa besh xonali, yuqoriga joylashgan. Tojbargi zangori, tomiri esa changchi ipiga o‘xshab, binafsha rangga bo‘yalgan. Mevasi - 10 urug‘li, yumaloq, quruq ko‘sakcha. Iyun - avgust oylarida gullaydi. Ekiladigan zig‘ir bir necha xil bo‘lib, uzun tolali hamda sershohlisi alohida ahamiyatli hisoblanadi. Uzun tolali zig‘ir asosan tola, sershohlisi ea moy olish uchun ekiladi. Uzun tolali zig‘irning balandligi 60-120 sm bo‘lib, poyasi ko‘p shox chiqarmaydi, ko‘saklari pishganda ochilmaydi. Sershox zig‘irning balandligi 30-sm bo‘lib, ko‘saklari pishganda ochiladi. Download 261.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling