1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja


Ilmiy tadqiqot asoslari fanining predmeti


Download 261.85 Kb.
bet2/160
Sana04.02.2023
Hajmi261.85 Kb.
#1162569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   160
Bog'liq
Dorivor o’simlik

Ilmiy tadqiqot asoslari fanining predmeti
Dorivor o‘simliklar o‘simlikshunosligida ilmiy tadqiqot asoslari fani qishloq xo‘jalik fanlari negizida va shu fanlar qonuniyatgari asosida shakllangan bo‘lsada o‘zining mustaqil o‘qitish va ish yuritish metodologiyasi mavjud. Ilmiy tadqiqot asoslari fanida asosiy e’tibor dorivor o‘simliklar o‘simlikshunosligi yo‘nalishida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarni uslubiy jixatdan to‘g‘ri bajarilishiga qaratiladi. Fanning asosini – tajriba olib borilishidagi metodik talablar, ya’ni tajribalarni ilmiy asosda to‘g‘ri ko‘yilishi, barcha ilmiy tadqiqotlarni uslubiy jixatdan to‘g‘ri bajarilishi tashkil etadi.
Ilmiy tadqiqot asoslari fani – ilmiy tadqiqot turlari, ularni o‘ziga xos xususiyatlari, tadqiqot elementlari, ilmiy tadqiqotlarga ko‘yiladigan standart talablar, tajribalarni tashkil etish, ko‘yish va olib borish uslubiyatlarini, ilmiy ishlarda xujjat ishlarini yuritish, hamda olingan natijalarni statistik tahlil qilish qonuniyatlarini o‘rgatadi.
Fanning maqsadi va vazifalari
Ilmiy tadqiqot asoslari fanining maqsadi - dorivor o‘simliklar o‘simlikshunosligida dorivorlik xususiyatga ega bo‘lgan ekinlari etishtirishning zamonaviy , energiya tejovchi yangi texnologiyalarini yaratish va qishloq xo‘jaligining barcha soxalarida fan yutuqlarini ko‘llash va shu asosda dorivor o‘simliklar maxsulotlari etishtirishni keskin oshirish, maxsulot sifatini yaxshilash va hakozolar.
Ilmiy tadqiqot asoslari fanining asosiy vazifalariga : -ilmiy ish mavzusini davr ta’labi asosida to‘g‘ri tanlash, bunda asosiy e’tiborni energiya va mablag‘ tejovchi texnologiyalarga qaratish, dorivor o‘simliklar o‘simlikshunosligida olib boriladigan ilmiy tadqiqotlarni uslubiy jixaidan to‘g‘ri bajarilishini ta’minlash, ilmiy tadqiqotlarni to‘g‘ri ko‘yilishini, bunda variantlarni qaytariqlar va yaruslar bo‘yicha uslubiy jixardan to‘g‘ri joylashtirish, tajribada xisob ishlarini va fenologik kuzatuvlarni to‘g‘ri va aniq bajarish, ilmiy tadqiqotlarda boshqa fanlarning yutuqlari va asosiy qonunlaridan to‘g‘ri foydalanish va ular asosida ish yuritish, hosildorlikni to‘g‘ri dispersion tahlil qilish, labaratoriya analizlarini uslubiy jixatidan aniq va to‘g‘ri bajarish, labaratoriya va dala daftarini to‘g‘ri yuritish, ish dasturi, ilmiy loyixa va xisobotlarni to‘g‘ri bajarish, mustaqil fikr yuritadigan yuqori tafakkurli yosh mutaxasislar tayyorlash, fanda eng zamonaviy yangi texnika va va jixozlar bilan to‘liq ta’minlashdan iborat.

Download 261.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling