1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja


-MAVZU. DORIVOR XOM-ASHYO VA UNING TIPLARI Dorivor o‘simlik xom ashyosi


Download 261.85 Kb.
bet14/160
Sana04.02.2023
Hajmi261.85 Kb.
#1162569
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   160
Bog'liq
Dorivor o’simlik

5-MAVZU. DORIVOR XOM-ASHYO VA UNING TIPLARI Dorivor o‘simlik xom ashyosi O‘simlik xom ashyosiga dorivor o‘simlikning barcha yoki ayrim qismlarining (organlari) quritilgan yoqi yangi terib olingan xolati kiradi.

  • Er ustki qismlari (bargi, kurtaklari, gullari, po‘stlog‘i)

  • Ildizi va ildiz poyasi

  • Mevalari kiradi

O‘simlik shoxlari va po‘stlog‘idagi yoriqlaridan oqib chiquvchi Tabiiy ajralmalari (kamed, balzamlar, smolalar, kamed-smolalar, sutli shiralar), yoki mevalariga maxsus qilinadigan kesmalar orqali (opiy) olinadi.
Dorivor o‘simliklar xom ashyo sifatida quyidagilarda qo‘llaniladi: sanoatda toza yoki individual BFM ni olish uchun (bunda xozirda sintezini amalga oshirib bo‘lmaydigan yoki iqtisodiy jihatdan samarasiz bo‘lgan moddalar olinadi, bu moddalar sof ajratib olingan xolda yoki modifikatsiyalash uchun boshlang‘ich modda sifatida qo‘llaniladi) Galen preparatlarini va sharbatlarni olish uchun (suvli, spirtli, efir ajratmalarini ekstraktlarini olish uchun; quyuq, suyuq, poroshoksimon va konsistensiyasi bo‘yicha qattiq moddalarni). Galen preparatlari odatda faol moddasini toza xolatda ajratib bo‘lmaydigan dorivor o‘simliklardan tayyorlanadi. Ulardan tayyorlargan dori vositalari sof xolda ajratib olingan moddadan ko‘ra moddalar kompleksida samaraliroq ta’sirga ega bo‘ladi (sinergizm) Tindirma yoki qaynatmalar shaklida foydalanadigan choy yig‘malarini tayyorlashda. Dorivor choyning asosiy ustunligi uning tarkibidagi kompleks birikmalarning ta’siridadir; Ozuqa maxsulotlarini yaxshilash maqsadida organizmning ba’zi fiziologik funksiyalarini faollashtiradigan vitamin, mikroelementlar va boshqa moddalar bilan boyitish (aminokislotalar, fermentlar, aromatik moddalar bilan).
Hayvon organizmidan olinadigan xom ashyolar Xayvon tabiatda xom ashyo sifatida tirik organizm kabi, ularning hayot faoliyati maxsulotlari qo‘llaniladi:
Dori vositasi sifatida quyidagilar qo‘llaniladi:

  • Turli xil yog‘lar va yog‘simon moddalar (baliq moyi, mumlar);

  • Asal arilarning xayot faoliyati moddalari (asal, propolis, asal ari suti);

  • Yirik shoxli qoramolning a’zolari va to‘qimalarini qayta ishlangan maxsulotlari ;

  • bug‘u shoxlari (pantы);

  • -hayvonlarning boshqa a’zolaridan olinadigan preparatlar;

  • -uy va yovvoyi xayvonlardan olinadigan gormon va ichki sekretsiya bezlaridan olinadigan fermentlar (oshqozon osti bezi, gipofiz, urug‘donlar, tuxumdonlar);

  • Ilon zaxarlari;




Download 261.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling