O’simliklarning jinsiy kopayish evalutsiyasi


Download 208.96 Kb.
Sana03.11.2023
Hajmi208.96 Kb.
#1742046
Bog'liq
oxk

O’simliklarning jinsiy kopayish evalutsiyasi

Reja:

  • 1 O’simliklarning kopayish turlari.
  • 2 O’simliklarning jinsiy kopayishi
  • 3

Har qanday tirik organizm uchun nafas olish, oziqlanish, rivojlanish, ko‘payish va oxirida nobud bo‘lish kabi jarayonlar xosdir. Barcha tirik organizmlarning o‘ziga o‘xshash yangi individlarni hosil qilishi ko‘payshi deb ataladi. O’simliklar dunyosida ko’payish usullari juda xilma-xildir. O‘simliklar dunyosida ko‘payishning turli xili mavjud. Tuban va yuksak o‘simliklar uch xil ko’payish: jinssiz, vegetativ va jinsiy ko’payish usullari bilan ko‘payadi. Jinsiy ko‘payishda yangi organizm ikki xil hayotiy xususiyatga ega bo‘lgan jinsiy hujayralarning o‘zaro qo‘shilishidan kelib chiqadi. Shuning uchun ham jinsiy ko‘payish jinsiy yangilanish deb ham yuritiladi. Jinssiz ko‘payish ham jinsiy ko‘payish ham maxsus ko‘payish uchun xizmat qiluvchi hujayralar yordamida sodir bo‘ladi. Jinssiz ko‘payish sporalar yordamida ko‘payishdir. Sporaning muhim xususiyatlaridan biri shuki, u ikkinchi bir hujayra bilan qo‘shilmay turib, yangi individ hosil qiladi. Ikkinchidan, u ona o‘simlikdan har doim ajralib chiqib, ushbu turni uzoq masofalarga tarqalishini ta’minlaydi. O‘simlik sporalari uning tarqalishida va ko‘payish jarayonida har xil rol o‘ynashi mumkin. Ko‘pchilik yashil va qo‘ng‘ir suv o‘tlari hamda zamburug‘lar sporalarining o‘sishi natijasida ona organizm o‘xshash yosh individ rivojlanadi va ko‘payish jarayonini tugallaydi. Suvo‘tlar va barcha sporali yuksak o‘simliklarda yangi individning qayta tiklanishi faqat sporalar yordamida ko‘payish bilan jinsiy jarayonlarning birgaligida amalga oshadi.

1:O’simliklarning kopayish turlari

1. Ildizpoyalar yordamida ko’payish. Ko‘p yillik o‘t o‘simliklarning ildizpoya orqali tez ko‘payishi ma’lum. Masalan, yovvoyi o’simliklardan ajriq, g‘umay, qirqbo‘g‘im, qamish, qiyoq, salomalaykum, bambuk, shirinmiya kabi o‘simliklar shular jumlasidandir. 2. Tuganaklar yordamida ko‘payish. Bunday ko‘payishni madaniy ekinlardan kartoshka, topinambur, kartoshkagul kabi o‘simliklarda uchratamiz. Tabiiy sharoitda esa siklamen, burmaqora, salomalaykum va boshqalar shu yo’l bilan ko’payadilar. Salomalaykumning bir tupi 100 tagacha tugunak hosil qiladi.


Download 208.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling