1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja


Download 261.85 Kb.
bet107/160
Sana04.02.2023
Hajmi261.85 Kb.
#1162569
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   160
Bog'liq
Dorivor o’simlik

Geografik tarqalishi. SHarqiy Afrikaning nam tropik o‘rmonlarida (Zambezi daryosining havzasida, Markaziy ko‘llar hududida) o‘sadi. Nam tropik iqlimli mamlakatlarda plantatsiyalari tashkil etilgan. Asosan Kamerunda o‘stiriladi.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot cho‘ziq va uzun, yassi, yuqori uchi o‘tkir, uchma o‘qqa aylangan, pastki uchi esa to‘mtoq urug‘dan iborat. Urug‘ uchmasi asos qismidan sinib ketgan bo‘ladi. Urug‘ kumush rang yoki yashil-kulrang tusli, uchma tomonga yo‘nalgan ipaksimon, yopishgan tuklar bilan qoplangan bo‘lib, uzunligi 12–18 mm, eni 3–6 mm. Urug‘ning yassi tomonida uchmaning asos qismidan boshlab 2/3 qismigacha o‘rnashgan choklar ko‘rinadi. Urug‘ yumshoq bo‘lib, uni barmoq orasida ezish mumkin. YOmon saqlanishi natijasida tuklari tushib ketgan mahsulotning rangi sariq-qo‘ng‘ir yoki och jigarrang bo‘ladi. Issiq suvda namlangan urug‘ osongina ikkita pallasiga ajraladi. Mahsulot hidsiz, juda achchiq.
Strofant urug‘i zaharli.
Urug‘ning sifatini bilish uchun 20 donasini olib ko‘ndalangiga kesiladi va ustiga sulfat kislota tomiziladi. SHulardan kamida 18 tasi yashil rangga bo‘yalsa, mahsulot sifatli hisoblanadi.
Kimyoviy tarkibi. Strofant urug‘i tarkibidagi glikozidlar yig‘indisining miqdori 8–10 %, K-strofantozid miqdori 2–3 % gacha bo‘ladi.
Urug‘ tarkibida yurak glikozidlaridan tashqari 30% yog‘, saponinlar, alkaloidlar va boshqa moddalar bor.
Ishlatilishi. Strofant o‘simligining preparatlari yurak (yurak porogida) kompensatsiyasi buzilishida, nefrit, yurak astmasi hamda ba’zi og‘ir, yuqumli va boshqa kasalliklar natijasida yurak ishini qattiq buzilishi kasalliklarini davolashda ishlatiladi.
Dorivor preparatlari. Strofantin-K (0,05 % li eritmasi 1 ml dan ampulada chiqariladi) va strofantidin atsetat (0,05 % li eritmasi 1 ml dan ampulada chiqariladi).
Strofant o‘simligining bir qancha turlari nam tropik o‘rmonlarda o‘sadi. Ularning tarkibida ham yurak glikozidlari borligi aniqlangan. Bu turlardan yana ikkitasi tibbiyotda ishlatiladi, lekin MDHda bu o‘simliklarning faqat yagona turi – Kombe strofanti urug‘idan foydalanilmoqda.

Download 261.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling