Geografik tarqalishi. Bu o‘simlik yovvoyi holda SHimoliy Amerikada o‘sadi. Moskva viloyati, O‘zbekistonda (Toshkent viloyatida) o‘stiriladi.
Mahsulot tayyorlash. Plantatsiyada o‘stiriladigan o‘simlikning er ostki qismi 3–4 yoshida, kuzda mashina bilan 30 sm dan kam bo‘lmagan chuqurlikda (gorizontal joylashgan er ostki yotiq novda – stolonlarni ham yig‘ib olish uchun) kavlab olinadi. CHuqurroq joylashgan ildizlari yig‘ilmaydi. Ildizpoyani poyadan ajratib, tuproqlardan tozalanadi va suvda yuvib, ko‘ndalangiga mayda qismlarga qirqiladi va quritgichlarda quritiladi.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot ildizpoyadan va er ostki yotiq novdadan tashkil topgan. Novdalar uzunligi 5–15 sm, diametri esa 0,6–1,5 sm. Ildizpoyaning ustki tomoni kulrang-qo‘ng‘ir, ichi esa och sariq rangli bo‘ladi. Mahsulot hidsiz bo‘lib, og‘izni lovullatuvchi achchiq mazasi bor.
Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida 0,8 % gacha yurak glikozidlari, tanin, kauchuk, oz miqdorda alkaloidlar, organik kislotalar, triterpen (oleanol kislota, amirin, lupeol va boshqalar) hamda boshqa birikmalar bo‘ladi.
Ildizpoya va stolonidan 0,17–0,50 % gacha simarin (gidrolizlanganda simaroza kandiga va strofantidin aglikoniga parchalanadi), apokannozid, sinokannozid, 0,33% gacha K-strofantin-β va boshqa yurak glikozidlari ajratib olingan. Urug‘ida 0,35%, bargida esa kam miqdorda yurak glikozidlari bor.
Ishlatilishi. Nashasimon kendir o‘simligining preparatlari yurak kasalliklarida (qon aylanishining II va III darajali buzilishida) ishlatiladi. Bu o‘simlik preparatlarini chet mamlakatlardan keltiriladigan strofant o‘simligi preparatlari o‘rnida ishlatish tavsiya etilgan.
Dorivor preparatlar. Simarin standart.
Bahorgi adonis er ustki qismi – Herba adonidis vernalis
O‘simlikning nomi. Bahorgi adonis – Adonis vernalis L.; ayiqtovon – doshlar– Ranunculaceae oilasiga kiradi.
Bahorgi adonis ko‘p yillik, kalta va ko‘p boshli ildizpoyali o‘t o‘simlik. Poyasi bir nechta, tik o‘suvchi, shoxlanmagan yoki kam shoxli, serbarg, silliq, bo‘yi gullash oldida 5–20 sm, gullab bґlganidan so‘ng 30–40 sm bo‘ladi. Bargi oddiy, panjasimon 5 bo‘lakka ajralgan, poyada bandsiz ketma-ket o‘rnashgan. Barg bo‘lakchalari ingichka, chiziqsimon, bigizsimon o‘tkir uchli. Gullari yakka-yakka joylashgan, sariq rangli, kosachasi 5–8 bargli, toj bargi 10–30 ta. Mevasi – ko‘p yong‘oqli to‘p meva.
Aprel-may (ba’zi joylarda iyun) oylarida gullaydi, mevasi iyulda etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |