1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja


MENIANTES (UCHBARG) BARGI – FOLIA MENYANTHIDIS


Download 261.85 Kb.
bet139/160
Sana04.02.2023
Hajmi261.85 Kb.
#1162569
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   160
Bog'liq
Dorivor o’simlik

MENIANTES (UCHBARG) BARGI – FOLIA MENYANTHIDIS
TRIFOLIATAE (FOLIUM TRIFOLII FIBRINI)


Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Ishqor eritmasida qaynatib yoritilgan bargining tashqi tuzilishi mikroskopda ko‘riladi (39-rasm). O‘simlik bargi botqoqlik erda o‘sadigan o‘simliklarga xos ravishda tuzilgan.
Bargning yuqori epidermis hujayralari ko‘p burchakli, to‘g‘ri devorli, pastki epidermis hujayralari bir oz egri-bugri devorli bo‘ladi. Ustitsalar bargning har ikkala tomonida joylashgan bo‘lib, 4–7 tagacha epidermis hujayralari bilan o‘ralgan. Epidermisning ba’zi joylarida, ayniqsa, tomir o‘tgan joydagi va ustitsaga yaqin bo‘lgan hujayralar qat-qat joylashgan kutikula qavati bilan qoplangan. Bargning yumshoq qismida aerenximalar (havo joylashgan bo‘shliqlar) ni ko‘rish mumkin.


QOQI ILDIZI – RADICES TARAXACI
Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Sovuq yo‘l bilan yumshatilgan ildizni glitserin va spirt aralashmasiga bir sutka solib qo‘yib, keyin ko‘ndalangiga va bo‘yiga (tangental holda) kesib preparat tayyorlanadi va mikroskop ostida ko‘riladi (2-rasm).
Ildiz ko‘ndalang kesimida tashqi tomondan probka bilan qoplangan. Probka qavatining ichkarisida po‘stloq parenximasi, floema, markazida esa ksilema joylashgan. Floema bilan ksilema o‘rtasida kambiy bor. Floemada elaksimon naylar hamda mayda, guruh holda aylana bo‘yicha joylashgan yumaloq sut naylarini ko‘rish mumkin. Tangental holda kesilgan preparatda esa sut naylar naycha shaklida shoxlangan va bir-biri bilan birlashgan holatda uchraydi. Sut naylari yod ta’sirida sariq – qo‘ng‘ir rangga, sudan-III eritmasi ta’sirida esa(bir oz qizdirilgandan so‘ng) qizil rangga bo‘yaladi.

10- AMALIY MASHG‘ULOT. TARKIBIDA KARDENOLIDLAR SAQLOVCHI DORIVOR O‘SIMLIKLARNING MIKROSKOPIK TUZILISHINI O‘RGANISH
ANGISHVONAGUL BARGI – FOLIA DIGITALIS
Mahsulotning mikroskopik tuzilishi.Ishqor eritmasi bilanyoritilgan qizil angishvonagul o‘simligi barg plastinkasining tashqi tuzilishi mikroskop ostida ko‘riladi (Qizil va yirik gulli angishvonagul barglarining epidermis hujayralari egri-bugri devorli bo‘ladi. Ustitsalar bargning yuqori epidermisidan ko‘ra patski epidermisida ko‘p uchraydi. Tuklar asosan bargning pastki epidermisida joylashgan. Ular 2 xil bo‘ladi: oddiy va boshchali tuklar. Oddik tuklar uzun, 3 (ba’zan 5) hujayrali, bir oz so‘galli, hujayra devori juda yupqa bo‘ladi, ba’zan ayrim hujayralari tushib qolgani uchun u erdagi tuk devorlari bir-biriga tortilib birlashgan holda ko‘rinadi (angishvonagul o‘simligiga xos). Boshchali tuklari mayda, ular ikki hujayrali boshchadan va bir hujayrali kalta oyog‘chadan tashkil topgan bo‘lib, ustidan (ikki yonidan) qaraganda 8 raqami shaklida ko‘rinadi. Ba’zan boshchasi bir hujayrali tuklar ham uchraydi.
Angishvonagulning hamma turlari bargida kalsiy oksalat kristallari bo‘lmasligi, mayda, ikki hujayrali boshchali bezli va uzun, oddiy, so‘galli tuklar bo‘lishi bilan xarakterlidir. Qizil angishvonagul bargida oddiy tuklar zich, boshqa turlarda esa siyrak joylashgan. Sertuk angishvonagulda oddiy tuklar 12 tagacha hujayrali bo‘lib, ular barg bandida va asos qismida o‘rnashgan.
Angishvonagulning boshqa turlarini (malla angishvonagul, sertuk angishvonagul va kiprikli angishvonagul) barg epidermis hujayralari ustki tomondan to‘g‘ri chiziqli bo‘lib ko‘rinadi. Sertuk angishvonagul bargining epidermisi ustki tomondan aniq ko‘rinadigan darajada qalinlashgan bo‘ladi.



Download 261.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling