1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja


O‘RIK ELIMI - GUMMI ARMENIACAE O‘simlikning nomi


Download 261.85 Kb.
bet32/160
Sana04.02.2023
Hajmi261.85 Kb.
#1162569
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   160
Bog'liq
Dorivor o’simlik

O‘RIK ELIMI - GUMMI ARMENIACAE O‘simlikning nomi. O‘rik- Armeniaca vulgaris Lam.; ra’noguldoshlar- - Rosaceae oilasiga kiradi. Buyi 5-8, ba’zan 17 m ga etadigan daraxt. Bargi tuxumsimon, arraga o‘xshash qirralari bo‘lib, band yordamida poyada ketma-ket joylashgan. Gullari olxo‘ridoshlar kenja oilasiga xos. Mevasi - danakli xo‘l meva. Mart - aprel oylarida (barg chiqarmasdan oldin) gullaydi, mevasi iyun - - avgustda pishadi.
Geografik tarqalishi. YOvvoyi holda O‘ptaOsiyoning tog‘li tumanlaridadengiz sathidan 500-1200 m balandlikda o‘sadi. O‘rikning juda ko‘p navlari qadimdan Moldova, Ukraina, Rossiyaning Ovro‘po qismining janubida, O‘pta Osiyo, Kavkaz va boshqa tumanlarda o‘stiriladi. Mahsulot tayyorlash. O‘rik elimi daraxt po‘stlog‘ining darz ketganjoyidan oqib chiqadi. Ana shu elim yig‘ib olinadi.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. O‘rik elimi rangsiz,yoki och sariqrangli, qattiq, mo‘rt, yaltiroq va katta-kichik bo‘laklardan iborat. Elim kukuni (poroshogi) esa oq yoki sarg‘ish rangli bo‘lib, hidsiz, chuchmal mazaga ega. O‘rik elimi suvda (1:3) tamoman eriydi. Suv qizdirilsa, erish jarayoni tezlashadi.
Kimyoviy tarkibi. Elim asosan arabindan iborat bulib,tarkibida44 %galaktoza, 41,5 % arabinoza, 16,4 % glyukuron kislota hamda 2,4 % mineral, 0,6oqsil moddalar bo‘ladi. Ishlatilishi. O‘rik elimi chet eldan keltiriladigan gummi arabikao‘rnida emulsiya tayyorlash uchun emulgator sifatida ishlatiladi. O‘rik elimi o‘rnida olxo‘ri va gilos elimini ham ishlatish mumkin.


9-MAVZU.VITAMINLAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT
REJA: Vitaminlarning farmakognostik o‘rganish. Vitaminlarni klassifikatsiyalash YOg‘da eruvchi (A, D, E, K),
Vitaminlar odam va hayvonlar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, turli kimyoviy tuzilishdagi organik birikmalardir. Organizm uchun juda kam miqdorda talab etiladigan (oqsil, yog‘ va uglevodlardan farqi) bu birikmalar fermentlar molekulasi tarkibiga kirib, to‘qimalardagi moddalar almashinuvida ishtirok etadi.
Odam va hayvonlar organizmi ko‘pchilik vitaminlarni faqat o‘simliklardan oziq-ovqat bilan birga oladi. SHuning uchun ovqat mahsulotlari tarkibida biror vitaminning bo‘lmasligi yoki etishmasligi odam va hayvonlar organizmida moddalar almashinuvining buzilishiga, keyinchalik esa avitaminoz hamda gipovitaminoz deb ataladigan og‘ir kasalliklarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
1880 yilda rus olimi - vrach N. I. Lunin hayvon organizmi vitaminsiz hayot kechira olmasligini birinchi marta aniqlagan. 1912 yilda polyak olimi K. Funk «vitamin» terminini ishlatishni (vita -hayot, vitamin - hayot amini demakdir) tavsiya etgan. U davrda barcha vitaminlar tarkibida amin guruhi bo‘lsa kerak, deb faraz qilinar edi. Lekin vitaminlarning kimyoviy tarkibi aniqlangandan so‘ng bu fikrning noto‘g‘ri ekanligi ma’lum bo‘ldi. Hozir vitaminlarning kimyoviy tuzilishi aniqlangan bo‘lsada, eski odat bo‘yicha ular, «vitamin» so‘zi va lotin alfavitining bosh harfi bilan ataladi.
Vitaminlarning biosintezi Deyarli barcha vitaminlar o‘simlik organizmida sintezlanadi. Faqat vitamin A va D ni hosil qiladigan birikmalar - provitaminlar o‘simlik to‘qimalarida sintezlanib, hayvon organizmiga o‘tgandan so‘ng ular o‘z vitaminiga aylanadi. O‘simlik to‘qimalarida vitaminlar biosintezining borishi hanuzgacha tajribalarda to‘la aniqlangan emas. Vitamin S (askorbin kislota) 6 ta uglerod atomli uglevodlar-geksozlarning o‘simlik to‘qimalarida oksidlanishdan hosil bo‘ladi. Glyukoza, fruktoza va boshqa geksozlar ishtirokida o‘simlik to‘qimalarida vitamin S miqdorining ko‘payishi tajribalarda isbotlangan. SHuningdek, D- glyukozaning L- askorbin kislotaga aylanish jarayoni D - glyukuron va L- gulon kislotalarning laktonlari orqali ro‘y berishi ham aniqlangan.
Vitamin R ta’siriga ega bo‘lgan asosiy birikmalar - flavanonlar va flavonlar hamda katexinlar o‘simlik to‘qimalarida shikim kislota, oraliq birikma - prefen kislota va atsetal qoldiqlari orqali uglevodlardan hosil bo‘lishi mumkin.
Vitamin Vl o‘simlik to‘qimalarida fermentlar ishtirokida tiazol va primidinning birlashishi tufayli hosil bo‘ladi. Aminokislotalar ham vitaminlar biosintezida ishtirok etadi. Masalan, vitamin RR (nikotin kislota) triftofan aminokislotadan, pantaten kislota esa -alanin aminokislotadan hosil bo‘ladi. Bu biosintez jarayonlar albatta fermentlar ta’sirida va boshqa birikmalar ishtirokida ro‘y beradi.
O‘simliklar o‘sa boshlagan birinchi kundan boshlaboq to‘qimada vitaminlar biosintezi boshlanadi. Ular miqdori o‘simlikning o‘sish davrida doimo o‘zgarib turadi. Bu o‘zgarish juda ko‘p omillarga bog‘liq. Xususan, o‘simlikning o‘sish joyi va iqlimi, yorug‘lik, mineral va organik o‘g‘itlar, namlik, mikroelementlar, tuproqdagi mineral tuzlar tarkibi va konsentratsiyasi hamda kislotali sharoit vitaminlarning biosinteziga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar hisoblanadi. Odatda vitamin S shimoliy tumanlarda va yuqori tog‘li erlarda o‘sadigan o‘simliklarda janubiy tumanlarda hamda pastliklarda o‘sadigan o‘simliklarga qaraganda ko‘proq bo‘ladi. Vitamin V1 esa aksincha janubiy tumanlarda o‘sadigan kuzgi bug‘doyda ko‘proq sintezlanadi. Ma’lum miqdordagi marganets va temir mikroelementlari o‘simlik tarkibidagi vitamin S miqdorini oshiradi. Bundan tashqari, temir vitamin N, inozit va para-aminobenzoat kislota sintezini kuchaytiradi. SHu bilan bir qatorda marranets vitamin V2 ning, ko‘p miqdordagi temir esa B1, V2, V6 hamda RR vitaminlar sintezini pasaytiradi. YOrug‘lik ta’sirida vitamin S biosintezi tezlashadi, qorong‘ilikda esa aksincha, bu jarayon sekinlashadi.
Tuproqning kislotali xossasi kamaytirilsa, o‘simliklar tarkibidagi karotin miqdori oshadi. Ba’zi mikroorganizmlar kislotali sharoitda vitamin V1sintezini butunlay to‘xtatib qo‘yadi.
Vitaminlarning o‘simliklar hayotidagi ahamiyati Vitaminlar o‘simliklar hayotida katta rol o‘ynaydi. Ular moddalar almashinuvining asosiy regulyatori - fermentlar biosintezida ishtirok etadi. Vitaminlarning ko‘pchiligi oqsillar bilan birlashib, fermentlar hosil qiladi. Ba’zi vitaminlar aminokislotalar (masalan, vitamin N - biotin asparagin, serin va boshqa aminokislotalar) almashinuvida ishtirok etadi. Vitamin S, karotin, katexinlar va flavonollar o‘simlik to‘qimalarida doimiy ravishda ro‘y berib turadigan oksidlanish va qaytarilish jarayonida faol qatnashadi. Bu jarayon davrida vitaminlar ma’lum vaqt ichida oksidlanib va qaytarilib turadi.
Vitaminlar ta’sirida o‘simliklarning hosildorligi oshadi,etilishi tezlashadi va ildizi tez rivojlanadi. Ba’zi vitaminlar (karotinoidlar) esa fotosintez jarayonida va o‘simlik gullarining changlanishida ishtirok etadi. Vitaminlar erituvchilarda erishiga qarab ikki guruhga bo‘linadi: Suvda eruvchi vitaminlar - V1, V2, V6 , RR, N, R, S va U vitaminlar, pantaten, folat, para-aminobenzoat kislotalar, inozit va boshqalar. YOg‘larda eruvchi vitaminlar - A, D, E va K vitaminlar. Mahsulot tarkibidagi vitaminlar miqdori doimo o‘zgarib turib, ko‘pincha o‘simliklarning gullash davrida er ustki organlarida maksimal miqdorda to‘planadi. Mevalarda esa, ular pishib etilgan vaqtida ko‘p yig‘iladi. SHuning uchun vitaminli mahsulotlarni tayyorlash yuqorida aytib o‘tilgan vitaminlarga boy davrida o‘tkazilishi kerak. Ko‘pchilik vitaminlarning o‘zi turg‘un birikma bo‘lsa ham ma’lum sharoitlarda (yuqori harorat, namlik, yorug‘lik va boshqa faktorlar ta’sirida) oksidlanishi, parchalanishi yoki boshqa o‘zgarishlarga uchrashi mumkin. Natijadavitaminlar o‘zining biologik faolligini yo‘qotadi. Vitaminli mahsulotlarning yuqori sifatliligini saqlab qolish uchun ularni tayyorlashda, quritishda va saqlashda yuqorida ko‘rsatilgan sharoitlarni hisobga olish zarur. Vitaminli mahsulotlar havo quruq vaqtida, shudring ko‘tarilgandan so‘ng yig‘ilishi lozim. Yig‘ilgan mahsulotni bir erga to‘plab qo‘ymasdan, tezda soya joyda yoki quritgichlarda (mevalar ochiq havoda) quritilishi maqsadga muvofikdir. So‘ngra yig‘ilgan mahsulotni vitamin olish yoki galenpreparatlari tayyorlash uchun tezda zavodlarga yuboriladi yoki omborlarda va dorixonalarda quruq, salqin, quyosh nuri tushmaydigan joylarda saqlash mumkin bo‘ladigan tegishli idishlarda saqlanishi lozim.

Download 261.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling