1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja


ASTRAGAL ELIMI (TRAGAKANT) - GUMMI TRAGACANTHAE


Download 261.85 Kb.
bet31/160
Sana04.02.2023
Hajmi261.85 Kb.
#1162569
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   160
Bog'liq
Dorivor o’simlik

ASTRAGAL ELIMI (TRAGAKANT) - GUMMI TRAGACANTHAE
O‘simlikning nomi. Astragal turlari: pahmoq shoxli astragal – Astragalus piletocladus Frein. Et Sint., mayda bosh astragal –Astragalus microcephalus Willd.va boshqalar;dukkakdoshlar- Fabaceae oilasiga kiradi. Elim hosil qiluvchi astragal turlari buyi 1 m bo‘lgan sershox buta. Barglari juft patli murakkab. Bargchalari juda mayda bo‘lib, quriganda asosiy barg bandidan to‘kiladi. Asosiy band o‘tkir uchli bo‘lganidan poyada tikan holida saqlanib qoladi. Gullari mayda, juft-juft bo‘lib, barg qo‘ltig‘iga joylashgan. Gul qismlari kapalakguldoshlarga xos tuzilgan. Mevasibir urug‘li, sertuk,pishganda ochilmaydigan dukkak.
Iyun - iyul oylarida gullaydi.
Geografik tarqalishi.Elim olinadigan astragallar Turkmaniston(Kopet-dog‘), Tojikiston (Pomir), O‘zbekiston, Armaniston va Ozarbayjonning tog‘li tumanlarida, dengiz sathidan 1000-1400 m balandlikda o‘sadi.
Mahsulot tayyorlash. Elim olish uchun o‘simlik tanasini pichoq yokiboshqa asbob bilan shamol turmagan vaqtda tilib qo‘yiladi. Bunda o‘simlik tanasidan oqib chiqqan suyuqlik havoda qotib, elim hosil qiladi. O‘simlik tanasi shamol turgan paytda tilinsa, oqib chiqqan suyuqlik tuproq, qum va boshqalar bilan ifloslanishi mumkin. Po‘stloqni tilib qo‘yilganidan 5-6 kun o‘tgach, hosil bo‘lgan elim yig‘ib olinadi va navlarga ajratiladi.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Astpagal elimi turli shakldagibo‘laklardan iborat. YUqori navi oq rangli, mo‘rt, past navi sariq yoki qo‘ng‘ir rangli bo‘lib, qiyin sinadi. Tragakant qiyinlik bilan kukunga (poroshokka) aylanadi. Uni kukunga (poroshokka) aylantirish uchun 400 da qizdirib (yuqori haroratda sarg‘ayib ketadi), temir havonchada yanchiladi. Tragakant kukuni (poroshogi) 50-80 qismgacha suvni shimib oladi. Kimyoviy tarkibi. Tragakant tarkibida60-70 %bassorin, 8-10 %arabin, kraxmal, kletchatka, organik kislotalar hamda bo‘yoq, shilliq va azotli moddalar bo‘ladi. Ishlatilishi. YUqori navli(oq rangli)tragakant farmatsevtikada habdori tayyorlashda (biriktiruvchi modda sifatida) va emulsiya tayyorlashda emulgator sifatida, past navlari (sariq yoki qo‘ng‘ir rangli) esa texnikada ishlatiladi.



Download 261.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling