1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja


Download 261.85 Kb.
bet48/160
Sana04.02.2023
Hajmi261.85 Kb.
#1162569
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   160
Bog'liq
Dorivor o’simlik

Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida gissopin glikozidi,bursakislota, 0,12 % askorbin kislota, vitamin K1, olma, limon, vino, fumar kislotalar, xolin, atsetilxolin, tiramin, inozit, flavonoidlar (diosmin va boshqalar), saponinlar, oshlovchi hamda boshqa birikmalar bo‘ladi.
Ishlatilishi. Jag‘-jag‘ o‘simligining preparatlari tuqqandan keyin vabachadon kasalliklarida qon oqishini to‘xtatish uchun hamda bachadon zaiflashganda uni tonuslovchi vosita sifatida ishlatiladi.
Dorivor preparatlari. Damlama,suyuq ekstrakt.
11MAVZU.TARKIBIDATERPENOIDLAR BO‘LGAN DORIVOR O‘SIMLIKLAR Vа MAHSULOTLAR
Terpenoidlar to‘g‘risida umumiy tushuncha va ularning o‘simliklar to‘qimasidagi biosintezi.Terpenoidlar (yoki izoprenoidlar)va ularning hosilalari beshta uglerodatomidan tashkil topgan izopren (C5H8)n unumlari hisoblangan hamda o‘simliklar dunyosida (hayvonlarda ham) keng tarqalgan tabiiy birikmalar guruhidir. Bunday birikmalarga turlicha tuzilgan moddalar: efir moylari, smolalar, stepoid birikmalar, karotinoidlar, kauchuk va boshqalar kiradi. Bu birikmalar molekulalari tarkibsda 2 ta yoki undan ko‘proq izopren bo‘laklari o‘zaro ma’lum tartibda birlashgai bo‘ladi (sxemaga qarang). Terpenoidlarning umumiy formulasi - (S5N8) n.
Ilgari terpenlar deyilganda asosan efir moylari to‘g‘risida fikr yuritilar edi. CHunki ko‘pchilik efir moylarining engil uchuvchan fraksiyalari C10H16 umumiy formulaga ega bo‘lgani uchun ularni terpenlar deb atalgan edi. Keyinchalik o‘simlik tarkibidagi moddalarning kimyoviy tuzilishini o‘rganish keng ko‘lamda rivojlanish natijasida o‘simliklardan umumiy formulasi efir moylariga yaqin bo‘lgan bir qancha moddalarni topish, yangi efir moylarini ajratib olish va ular tarkibini aniqlash hamda bir qancha efir moylardagi ayrim birikmalarning funksional guruhlarini aniqlanishi sababli «terpenlar» termini shu tipdagi moddalarni o‘z ichiga olishga torlik qilib qoldi. SHuning uchun umumiy formulasi (S5N8)n bo‘lgan hamma tabiiy birikmalarni bitta so‘z bilan ifoda qilish maqsadida keng ma’nodagi «terpenoidlar» (―izoprenoidlar‖) atamasi (termini) qabul qilindi.
Ko‘pchilik o‘simlik moddalari izopren - S5N8 - molekulasining birlashishidan tashkil topganligini birinchi bo‘lib, Vallax aniqlagan. Bu 1922 - yilda Rujichka tomonidan «Izopren qoidasi»ni bayon etishga asos bo‘ldi. Ana shu qoidaga ko‘ra, izoprendan tashkil topgan birikmalarda uning ayrim bo‘laklari o‘zaro ma’lum tartibda birlashgan bo‘ladi, ya’ni bir izoprenning oxirgi qismi - «dumi» - ikkinchi molekulaning bosh qismi - «boshi» bilan birlashadi va hokazo. Keyinchalik «Izopren qoidasi» ko‘pchilik birikmalar tarkibini aniqlashda katta rol o‘ynaydi.
Terpenoidlar o‘simlik dunyosida keng tarqalgan bo‘lib, o‘simliklarning hamma organlarida uchrashi va ko‘p miqdorda to‘planishi mumkin.


Download 261.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling