1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja
Download 476.38 Kb.
|
Илмий изланиш 96522
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlatilishi.
Kimyoviy tarkibi. Savatchaga to‘plangan gullar tarkibida 0,22-0,8% efir moyi, apiin, kversimeritrin, kversetin, lyuteolin va boshqa (35 tacha birikmalar) flavonoidlar, gvayyanolid guruh laktonlaridan matrikarin va matritsin, geterotsiklik halqali poliin laktonlar, proxamazulen, kumarinlar (umbelli- feron, gerniarin), dioksikumarin, karotin, vitamin S, shilliq, achchiq va boshqa moddalar bo‘ladi.
XI DF ga ko‘ra, oddiy moychechak guli tarkubida 0,3 %, yashil moychechakda 0,2% efir moyi bo‘lishi kerak. Efir moyi ko‘k suyuqlik bo‘lib, tarkibida 1,64-8,99-% xamazulen, 20 % gacha seskviterpen spirtlari, kadinen, tritsiklik spirt, bisabolen va uning oksidlari, kapril, nonil, izovalerian kislotalar hamda boshqa terpen va seskviterpenlar bor. Efir moyi tarkibidagi seskviterpenlarning umumiy miqdori 50 % gacha bo‘ladi. Xamazulen efir moyining asosiy ta’sir etuvchi qismi hisoblanadi.
Moychechak guli tarkibidagi kimyoviy birikmalar kompleksi (xamazulen, matritsin, apigenin, gerniarin va boshqalar) ta’cir etuvchi qism hisoblanadi. Xamazulen tinchlantiruvchi xossaga hamda ichaklarning yopishib qolishi, allergiyaga va yallig‘lanishiga qarshi ta’sirga ega. Apigenin, apiin va gerniarinlar ham ichaklarning yopishib qolishiga qarshi ta’sir qiladi. Dorivor preparatlari. Moychechak gulidan (savatchalardan) damlama tayyorlanadi. Savatchalar me’da kasalliklarida, tomoq chayqashda ishlatiladigan va yumshatuvchi yig‘malar - choylar tarkibiga ham kiradi.
Download 476.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling