2-laboratoriya ishi quymalarda uchraydigan nuqsonlar, ularning hosil bo’lish sabablari va oldini olish tadbirlari


Download 20.36 Kb.
bet1/3
Sana13.04.2023
Hajmi20.36 Kb.
#1350781
  1   2   3
Bog'liq
2-labaratoriya Materialshunoslik


2-LABORATORIYA ISHI
QUYMALARDA UCHRAYDIGAN NUQSONLAR, ULARNING HOSIL BO’LISH SABABLARI VA OLDINI OLISH TADBIRLARI
2.1. Ishning maqsadi: Talabalar metall quymalarning sifatiga putur yetkazuvchi nuqsonlar (gaz va shlak g’ovakliklari, darzlar, shakl va o’lcham o’zgarishlari, kirishuv bo’shliqlari, qolip va sterjen materiallarining kuyib, quyma sirtiga yopishib qolishi va boshqalar) ning hosil bo’lish sabablarini aniqlaydilar va ularning oldini olish tadbirlarini belgilab oʻrganadilar.
2.2. Ishning nazariy qismi: Ma’lumki, quymalar quymakorlik usulida ishlab chiqariladi. Bunday quymalarni ishlab chiqarish jarayonida yo’l qo’yilgan kamchiliklar (masalan, quyma devorlari qalinliklari turli o’lchamli bo’lishi, qolip va sterjen materiallari tarkibini to’g’ri belgilamaslik va xossalarining pastligi, metallning qolipga bir me’yorda kirmasligi, tekis sovimasligi va boshqalar) oqibatida turli nuqsonlar uchraydi. Quyidagi 2.1-jadvalda asosan quymalarda ko’proq uchraydigan nuqsonlar, ularning hosil boʻlish sabablari va olidini olish tadbirlari to’g’risidagi ma’lumotlar tushintirib o’tilgan.
Quymalarda har xil nuqsonlar bo’ladi, ularning nomlari yuqorida aytib o’tildi, lekin bu nuqsonlardan tashqari quyma sirtining shikastlanishi, o’simtalar, sirt yuzasi qattiqligining karbidlar hisobiga haddan tashqari ortishi, kimyoviy tarkibining texnik talablarga javob bermasligi va boshqalar ham uchrab turadi.
Ma’lumki, quymalarni texnik talablarga javob berish darajasiga ko’ra tiklab bo’lmaydigan va tiklab bo’ladigan xillarga ajratiladi. Tiklab bo’lmaydigan nuqsonlar yirik nuqsonlar bo’lib, ularni mutlaqo tiklab bo’lmaydi yoki tiklash iqtisodiy jihatdan foydasizdir. Bu xil nuqsonlari bor quymalar yaroqsiz bo’lgani uchun qayta eritishga yuboriladi. Tiklash mumkin bo’lgan nuqsonlar ancha kichik bo’lib, ular tiklanganlarida normal ishlashlariga putur yetkazmaydi.
Quymalarda uchraydigan nuqsonlarni aniqlashda qator usullar (ko’z, lupa, andazalar, o’lchov asboblar yordamida, magnitli nuqson izlagichlar yoki rentgen nurlari, ultratovush va boshqalar) bo’lib, ularning qaysi biridan foydalanish quymalarga qo’yilgan talablarga bog’liq bo’ladi. Nuqsonlar aniqlangach, texnik nazorat bo’limi xodimlari ularning hosil bo’lish sabablarini bilish uchun quymalarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan modellar, sterjen yashiklari va boʻlak moslamalarni, barcha operatsiyalarning qay tarzda bajarilishini qat’iy nazorat qilib tekshirishi kerak. Ulardan keyin texnologlar va uchastka ustalari zaruriy chora-tadbirlarini ko’rishlari lozim.

Download 20.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling