Geografik tarqalishi.YOvvoyi holda O‘rta er dengizi qirg‘og‘ida o‘sadi.Moldova va Ukraina (Xmelnitskiy viloyati) respublikalarida, Voronej viloyatida, Krasnodar o‘lkasida va SHimoliy Kavkazda o‘stiriladi.
Mahsulot tayyorlash.Mahsulot arpabodiyon mevasiga o‘xshab yig‘iladi. Mahsulotning tashqi ko‘rinishi.Tayyor mahsulot och yashil-qo‘ng‘ir rangdagi qo‘shaloq pistadan iborat. Mevaning har ikkala uchi biroz toraygan, uzunligi 8-10 mm, eni 4 mm bo‘lib, osonlik bilan uzunasiga ikki bo‘lakka ajraladi. Har qaysi yarimta mevaning tashqi tomoni do‘ng, ichki tomoni tekis. YArimta mevada 5 tadan turtib chiqqan qovurg‘alar bo‘lib, uchtasi do‘ng tomonga, ikkitasi yon tomonga joylashgan.
Mahsulot hidi va mazasi arpabodiyon mevasining mazasini va hidini eslatadi.
XI DF ga ko‘ra mahsulot namligi 14 %, umumiy kuli 10 %, 10 % li xlorid kislotada erimaydigan kuli 1 %, singan va pishmagan mevalar 1 %, efir moyi bor boshqa o‘simliklarning urug‘ va mevalar aralashmasi 1 %, organik aralashmalar (tarkibida efir moyi bo‘lmaydigan o‘simliklarning urug‘ va mevalari hamda dorixona ukropining mahsuloti hisoblanmagan qismlari) 0,6 va mineral aralashmalar hamda teshigining diametri 1 mm li elakdan o‘tadigan mayda qismlar 0,5 % dan oshmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |