Mahsulot tayyorlash.Mahsulot arpabodiyon mevasiga o‘xshash yig‘iladi. Mahsulotning tashqi ko‘rinishi.Tayyor mahsulot cho‘ziqroq tuxumsimon, kulrang – yashil yoki qo‘ng‘ir rangli qo‘shaloq pistadan iborat. Meva uzunligi 2,5-4 mm, eni 1,8-2 mm bo‘lib, osonlik bilan ikki bo‘lakka ajraladi. Har qaysi yarimta mevaning tashqi tomoni do‘ng, ichki tomoni esa tekis, 5 tadan qovurg‘asi bor. Mahsulotning hidi yoqimli va lovullatuvchi achchiqroq mazasi bor.
Ajgon mevasidan faqat efir moyi olinadi.
Kimyoviy tarkibi. Ajgon mevasi tarkibida2-11 %efir moyi, 25-32%yog‘, 15-17% oqsil moddalar bor.
Efir moyi pishgan va maydalangan mevadan suv bug‘i yordamida haydab olinadi. U rangsiz, sariq yoki jigarrang suyuqlik bo‘lib, timol hidi va og‘zini lovullatuvchi o‘tkir mazasi bo‘ladi. Zichligi 0,897 - 0,916, refraksiya soni 1,496 -1,504. Efir moyi tarkibida 40-60 % fenollar (timol va qisman karvakrol), shuningdek, pinen, terpinen, fellandren, simol va boshqa birikmalar bo‘ladi.
Ishlatilishi.Ajgonning efir moyidan asosan timol olinadi.Efirmoyidan timolni ajratib olgandan so‘ng qolgan qismi – timen antiseptik xossaga ega bo‘lgani uchun tish pastasi tayyorlash va sovunlarga yoqimli hid berish uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |