Mahsulot tayyorlash.Oddiy tog‘jambil gullaganida er ustki qismi o‘ribolinib, quritiladi va maydalab, sim g‘alvirda elanadi.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi.Tayyor mahsulot barg,gul hamdanihoyatda ingichka poya aralashmalaridan (ba’zan faqat bargdan) iborat. Barg mayda, qisqa bandli, tekis qirrali, qirrasi ko‘proq ichga qayrilgan bo‘lib, naycha shaklini hosil qiladi (sudralib o‘suvchi tog‘jambildan farqi). SHuning uchun ham bargi chiziqsimon ko‘rinishda bo‘ladi. Tekislangan barg lansetsimon yoki ellipssimon, uzunligi 5-10 mm, eni 2-3, ba’zan 5 mm. Bargning ustki tomoni to‘q yashil yoki qo‘ng‘ir yashil, pastki tomoni esa kulrang-yashil. Gullari mayda, yakka, yoki bir nechtasi birga joylashgan, gulkosachasi och yashil, ikki labli, besh tishli (yuqori labi uch tishli, pastkisi esa ikki tishli) bo‘lib, oqimtir dag‘al tuklar bilan qoplangan. Gultojisi ikki labli, och binafsha, qizil yoki oqimtir rangli; otaligi 4 ta, ikkitasi kalta, onalik tuguni esa to‘rt bo‘lakli, yuqoriga joylashgan.
XI DF ga ko‘ra mahsulot namligi 13 %, umumiy kuli 12 %, 10% li xlorid kislotada erimaydigan kuli 7 %, 1 mm dan yo‘g‘on bo‘lgan poya bo‘laklari 5 %, teshigining diametri 0,5 mm li elakdan o‘tadigan mayda bo‘laklar 7 %, organik aralashmalar 2 % va mineral aralashmalar 2% dan oshmasligi kerak.
Mahsulotning o‘ziga xos kuchli hidi (timol hidi) va o‘tkir mazasi bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |