O‘simlikning hamma qismi zaharli.
Mahsulot bahorgi adonisga o‘xshash tayyorlanadi.
O‘simlikning er ustki qismi tarkibida yurak glikozidlari (simarin, K-strofantin-β, adonidin va boshqalar), flavonoidlar, saponinlar bor.
Amur adonisi – Adonis amurensis Rgl. ko‘p yillik o‘t o‘simlik bo‘lib, Uzoq SHarqda o‘sadi. Amur adonisining biologik faolligi ancha yuqori, undan yurak glikozidlari ajratib olingan.
Sibir adonisi – Adonis sibiricus Patr. ko‘p yillik o‘t o‘simlik bo‘lib, MDHning Ovrupo qismining janubiy tumanlarida va Sibirda o‘sadi. Bu o‘simlikning biologik faolligi bahorgi adonisga qaraganda ancha past bo‘lsa ham, tibbiyotda ishlatish uchun tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |