BANGIDEVONA BARGI – FOLIA STRAMONII
O‘simlikning nomi. Oddiy bangidevona - Datura stramonium L.;
ituzumdoshlar - Solanaceae oilasiga kiradi.
Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Ishqor eritmasi bilan yoritilgan bargning tashqi tuzilishi mikroskop ostida ko‘riladi (4-rasm).
Barg epidermisining devori egri-bugri bo‘ladi. Bargning har ikkala tomonida ustitsalar bor. Tuklar siyrak bo‘lib, barg tomiri bo‘ylab joylashgan. Tuklar ikki xil tuzilgan: oddiy – juda yirik (ikki-besh hujayrali), so‘galli va oyoqchasi bir hujayrali, boshchasi esa ko‘p hujayrali mayda tuklar. Bargda kristallar juda ko‘p bo‘lib, ular burchaklari aniq bo‘lmagan druz shakliga ega. Ba’zan bargda yakka kristallar birlashgan holda uchrashi mumkin.
9-AMALIY MASHG‘ULOT. TARKIBIDA TIOGLIKOZIDLAR VA MONOTERPEN (ACHCHIQ) GLIKOZIDLAR SAQLOVCHI DORIVOR O‘SIMLIKLARNING MIKROSKOPIK TUZILISHINI O‘RGANISH
Do'stlaringiz bilan baham: |