1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja


XANTAL (GORCHITSA) URUG‘I VA EFIR MOYI –


Download 476.38 Kb.
bet259/295
Sana06.11.2021
Hajmi476.38 Kb.
#171357
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   295
Bog'liq
Илмий изланиш 96522

XANTAL (GORCHITSA) URUG‘I VA EFIR MOYI –

SEMINA SINAPIS NIGRAE ET OLEUM SINAPIS AETHEREUM

O‘simlikningnomi.Sareptxantali, qo‘ng‘irxantal – Brassica juncea (L.) Czern. (Sinapis juncea L.) vaqoraxantal – Brassica nigra Koch. (Sinapis nigra L.); karamdoshlar – Brassicaceae (butguldoshlar – Cruciferae) oilasiga kiradi.

Mahsulotningmikroskopiktuzilishi.Urug‘ni yumshatish uchun u1–2sutka nam kamerada saqlanadi. So‘ngra namlangan urug‘ni parafin bo‘lakchasiga o‘rnatib, yupqa qilib, parafin bilan birga kesiladi va xloralgidrat eritmasida qizdirib yoritiladi. Keyin mikroskopning kichik va katta ob’ektivlarida ko‘riladi (1- rasm).

Xantal urug‘i qo‘ng‘ir rangli yupqa po‘stdan va embriondan iborat. Embrion esa yoysimon qayrilgan, bir-birining ichiga joylashgan ikkita (ichki tomondagisi kichkina, tashqi tomondagisi katta) urug‘ pallasidan va embrion ildizchasidan tashkil topgan.

Qora xantal urug‘i ko‘ndalang kesimida urug‘ tashqi tomondan rangsiz, yirik, suvda shilimshiqlanuvchi epidermis hujayrasi bilan qoplangan. Epidermis hujayrasining ichki tomonida nihoyatda katta – gigant hujayralar (epidermis va mexanik to‘qima orasidagi bo‘shliq), uning ichkarirog‘ida esa mexanik to‘qima (bokal shaklidagi hujayralaridan tashkil topgan) qavati o‘rnashgan. Mexanik to‘qima hujayralari sariq devorli va katta-kichik (baland-past) bo‘lib faqat uchta tomoni qalinlashgan. Mexanik to‘qimaning pastki tomoniga sariq yoki qo‘ng‘ir pigmentli bir qator hujayralar, uning ichkarirog‘ida esa aleyron donachali rangsiz hujayralar o‘rnashgan. Urug‘ pallasining hujayrasida yog‘ tomchilari bo‘ladi. Bu tomchilarni sudan-III eritmasi bilan bo‘yab ko‘rish mumkin.

Urug‘ po‘stining tashqi tuzilishini tekshirish uchun urug‘ ishqor eritmasida qaynatiladi va yumshaganidan so‘ng nina bilan po‘stini ko‘chirib olib, glitserin va suv aralashmasi yordamida mikroskopda ko‘riladi. Bu tayyorlangan preparatda faqat bir qavat mexanik to‘qimaning bokalsimon hujayralarini hamda po‘stlog‘ining chuqurchalarini (gigant hujayralarini) ustki tomonidan ko‘rish mumkin.

Odatda urug‘ kukuni (poroshogi) yog‘sizlantirilgan urug‘dan (urug‘ kunja-rasidan) tayyorlanadi. Kukun (poroshok) mikroskopda qaralsa, embrion, mexanik to‘qima, epidermis, pigment va aleyron qavatining bo‘laklarini ko‘rish mumkin.



Download 476.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling