1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja


ERKAK PAPOROTNIK ILDIZPOYASI – RHIZOMATA FILICIS


Download 476.38 Kb.
bet267/295
Sana06.11.2021
Hajmi476.38 Kb.
#171357
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   295
Bog'liq
Илмий изланиш 96522

ERKAK PAPOROTNIK ILDIZPOYASI – RHIZOMATA FILICIS

MARIS Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Sovuq yo‘l bilan yumshatilgan ildizpoyadan ko‘ndalangiga kesib, preparatlar tayyorlanadi. YUpqa qilib kesilgan preparatni floroglyusin eritmasi va kuchli xlorid kislota bilan bo‘yab, mikroskop ostida ko‘riladi (1-rasm). Ildizpoyada asosiy to‘qimaning hujayralari orasida yopiq (kambiysiz), konsentrik tipidagi (markazida ksilema, uning atrofini esa floema o‘rab olgan), o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlarijoylashgan bo‘lib, ularning traxeidlari qizil rangga bo‘yalgan holda ko‘rinadi. Ksilema asosan traxeidlardan tashkil topgan. O‘tkazuvchi to‘qima to‘plamlari bir qator endoderma hujayralari bilan o‘ralgan. Asosiy to‘qimaning parenxima hujayralari yupqa devorli hamda kraxmal donachalari va yog‘ bilan to‘la bo‘ladi. Hujayra oralig‘ida bir hujayrali sharsimon boshli va bir hujayrali oyog‘chali bezli hujayra – SHaxt hujayrasi uchraydi. Bu hujayra och yashil rangli smolaga o‘xshash asosiy ta’sir etuvchi modda ishlab chiqaradi. SHaxt hujayrasi vanilinning spirtdagi 1% li eritmasi va kuchli xlorid kislota ta’sirida qizil rangga bo‘yaladi. Ildizpoyadagi barg kurtaklarini o‘rab turuvchi qo‘ng‘ir rangdagi tangachalarni pinset bilan yulib olib, issiq suvda yumshatiladi va xloralgidrat eritmasidan tomizib, mikroskopda (kichik ob’ektivda) ko‘riladi. Bu tangachaning shakli cho‘ziq – tuxumsimon, yuqori tomoni cho‘ziq, cheti qo‘shtishli qirrali. SHunga qarab, mahsulotni boshqa paporotniklar aralashmasidan ajratish mumkin. Urg‘ochi paporotnikning tangachasi tekis qirrali, qattiq qilli paporotnik tangachasining chetida – qirrasida mayda bezlari bor. Avstriya paporotnigining tangachasi o‘rtasida tangacha bo‘ylab joylashgan qo‘ng‘ir rangli keng yo‘lli bo‘ladi.


Download 476.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling