1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja


TOLOKNYANKA BARGI VA NOVDASI – FOLIA ET CORMUS UVAE URSI Mahsulotning mikroskopik tuzilishi


Download 476.38 Kb.
bet268/295
Sana06.11.2021
Hajmi476.38 Kb.
#171357
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   295
Bog'liq
Илмий изланиш 96522

TOLOKNYANKA BARGI VA NOVDASI – FOLIA ET CORMUS UVAE URSI Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. YUmshatilgan bargni probka orasiga qo‘yib, ko‘ndalangiga kesiladi. Kesib olingan preparatni sudan-III eritmasi bilan bo‘yab, xloralgidrat yordamida mikroskop ostida ko‘riladi . Barg har ikki tomondan qalin kutikula qavati bilan qoplangan (sudan-III eritmasi ta’sirida qizg‘ish rangga bo‘yalgan holda ko‘rinadi). Bargning yuqori tomonidagi epidermis tagida 3–4 qator qoziqsimon, uning ostida esa bulutsimon to‘qimalar joylashgan. Tomirdagi o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari yaxshi taraqqiy etgan bo‘lib, ularning yuqori va past tomonida, ya’ni epidermis bilan tomir oralig‘ida yakka kristalli rangsiz qujayralar joylashgan. Ba’zan yo‘g‘on tomir bo‘ylab o‘rnashgan bir-ikki hujayrali va qalin devorli tuklar uchraydi. Bargning har ikki tomonidagi epidermis hujayralari (bargning tashqi ko‘rinishida) to‘g‘ri devorli, ustitsalari katta bo‘lib, 4–8 ta epidermis hujayralari bilan o‘ralgan. Ustitsalarning kattaligi bu o‘simlikning xarakterli belgilaridan biridir. Barg tomiri bo‘ylab joylashgan hujayralarda yakka kristallar uchraydi. Barg to‘qimalarida arbutin glikozidi borligini mikrokimyo reaksiyasi yordamida aniqlash mumkin. Buning uchun yupqa qilib kesib olingan preparat suyultirilgan sulfat kislotaga bir necha sekund solib qo‘yiladi. So‘ngra unga nitrat kislota qo‘shilsa, arbutinli hujayralar oldin to‘q qizg‘ish, so‘ngra och sariq rangga bo‘yaladi.
13- AMALIY MASHG‘ULOT. ANTRATSEN UNUMLARINI SAQLOVCHI DORIVOR O‘SIMLIKLARNING MIKROSKOPIK TUZILISHINI O‘RGANISH SANO BARGI VA MEVASI – FOLIA ET FRUCTUS


Download 476.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling