O‘simliklardagi shilliq moddalar miqdori quyidagi usullar bilan aniqlanadi:
SHilliq moddalar suvda erib, yopishqoq kolloid eritma hosil qiladi. Bu eritmaning yopishqoqligi erigan birikma konsentratsiyaiga bog‘liq. SHuning uchun o‘simlikdan sovuq suvda eritib olingan shilliq moddalar eritma yopishqoqligiga qarab (viskozimetrlar yordamida) aniqlanadi.
SHilliq moddalar ma’lum miqdordagi o‘simlik mahsulotidan sovuq suvda eritib ajratib olinadi. Eritmadagi shilliq moddalar spirt bilan cho‘ktiriladi. So‘ngra cho‘kma yuvib, 60-800 da doimiy og‘irlikka kelguncha quritilib tortiladi. O‘simlikdagi shilliq modda miqdori % bilan ifodalanadi.
SHilliq moddali mahsulotlar va ulardan olingan dori turlari tibbiyotda - tibbiyotda me’da-ichak kasalliklarida o‘rab oluvchi dori, nafas yo‘llari shamollaganda yo‘talni engillashtiradigan, to‘xtatadigan va ko‘krakdagi og‘riqni qoldiradigan hamda balg‘am ko‘chiradigan vosita sifatida ishlatiladi.
8-MAVZU. TARKIBIDA PEKTIN VA SHILLIQ MODDALAR BO‘LGAN DORIVOR O‘SIMLIKLAR ..GULXAYRI ILDIZI - RADICES ALTHAEAE
Do'stlaringiz bilan baham: |