1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja
Download 476.38 Kb.
|
Илмий изланиш 96522
- Bu sahifa navigatsiya:
- Normal shilliq moddalar.
SHilliq moddalar O‘simlikda uchraydigan shilliq moddalar har xil birikmalar aralashmasidan tashkil topgan bo‘lib, ular tarkibida asosan polisaxaridlar - pentozanlar (90 % gacha) va qisman geksozanlar uchraydi.
SHilliq moddalar hujayra ichi va hujayra po‘sti hamda oraliq birikmalarning shilliqlanishidan hosil bo‘ladi. Ayrim hujayra yoki to‘qimalar (kambiy, o‘zak, o‘zak nurlari va boshqalar) shilliqlanishi mumkin. SHilliq moddalar odatda 2 guruhga bo‘linadi: Normal shilliq moddalar. Bular o‘simlikning o‘sishi davrida shuo‘simlik hayoti uchun nihoyatda zarur birikmalar sifatida vujudga keladi. Patologik shilliq moddalar. Tashqi ta’sirga(buta va daraxtpo‘stloqlarining yorilishi, teshilishi va shunga o‘xshash) reaksiya sifatida vujudga keladi. Normal shilliq moddalar o‘simliklarning barcha organlarida bo‘lishi mumkin. Ular asosan epidermisda yoki shilliq saqlovchi maxsus xalta hujayralarda to‘planadi. Masalan, zig‘ir, behi, xantal va boshqalarning faqat urug‘idagi epidermisda, gulxayri, moychechak, salob va boshqa o‘simliklarning bargi, guli, ildizpoyasi, ildizi va tuganaklaridagi shilliq saqlovchi maxsus hujayralarda to‘planadi. Normal shilliq moddalar o‘simlik hayotida muhim rol o‘ynaydi. Ular suv ta’sirida shishadi va uzoq vaqtgacha o‘zida namlik saqlaydi. SHuning uchun bu moddalar qurg‘oqchilikda o‘sadigan o‘simliklarni tasodifan qurg‘oqchilik bo‘lib qolganda ham ko‘rib qolishdan, shuningdek, issiq kunlarda o‘simlikni haddan tashqari qizib ketishidan saqlaydi. Epidermis hujayralaridagi shilliq moddalar urug‘ning erga yopishib turishiga va unishiga yordam beradi. Ba’zan bu birikmalar o‘simliklar uchun zaxira oziq moddasi bo‘lib xizmat qiladi. SHilliq moddalar o‘simliklarning ko‘payishida ma’lum ahamiyatga ega ekanligi ham aniqlangan. O‘simlik shilliq moddalari suvda yaxshi erib, yopishqoq kolloid eritma hosil qiladi. Bu eritmadagi shilliq moddalarni spirt yordamida cho‘ktirish mumkin. SHilliq moddalar kislotalar ta’sirida gidrolizlanib, 95 % pentozalar (arabinoza, ksiloza va boshqalar), oz miqdorda galaktoza, glyukoza, uron kislota va furfurol hosil qiladi. Download 476.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling