Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida aukubin(rinantin)glikozidi,achchiq, shilliq va oshlovchi moddalar, flavonoidlar (apigenin, gomoplantagenin, lyuteolin va skutellyarein glikozidlari va boshqalar), karotin hamda askorbin, limon kislotalar, faktor T va vitamin K bo‘ladi.
Ishlatilishi. Zubturum o‘simligining dorivor preparatlariyallig‘lanishga qarshi va balg‘am ko‘chiruvchi vosita (barg damlamasi) sifatida, me’da-ichak kasalliklari (surunkali gipoatsidli gastrit, normal va kam kislotalik sharoitdagi me’da-o‘n ikki barmoq ichak yarasi)ni (plantoglyusid preparati), anatsid gastrit, surunkali va tuzalishi qiyin bo‘lgan kolit hamda yaralarni (quritilmagan bargi va burga zubturumning quritilmagan er ustki qismining shiralari birgalikda) davolashda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |