1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja


Download 476.38 Kb.
bet145/295
Sana06.11.2021
Hajmi476.38 Kb.
#171357
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   295
Bog'liq
Илмий изланиш 96522

Geografik tarqalishi. Daryo, ko‘l va hovuz bo‘ylarida, ko‘lmaklarda, botqoqlik o‘tloqlarda va botqoq atroflarida o‘sadi. Moldova, Ukraina, Belorus, Boltiq bo‘yi, Rossiyaning Ovro‘po qismining janubida, Qozog‘istonda (Irtish daryosi bo‘yida), Sibir, YAkutiya, Uzoq SHarqda, qisman Kavkaz va O‘rta Osiyo (O‘zbekistonning Xorazm va Samarqand viloyatlarida) da uchraydi.

Mahsulot asosan Belorus va Ukrainada tayyorlanadi, lekin Qozog‘iston va Amur daryosining o‘rta oqimida yig‘ish mumkin.

Mahsulot tayyorlash. Ildizpoya kuzda yoki erta bahorda, suv kamaygan vaqtda tayyorlanadi. O‘simlik balchiqdan panshaha, cho‘kich va boshqa asboblar bilan yig‘ib olinadi, so‘ngra suv bilan yuvib tozalanadi. Poya, barg va mayda ildizlarni qirqib tashlab, ildizpoya biroz so‘litiladi. So‘ngra ularniko‘ndalangiga, juda yo‘g‘onlarini esa uzunasiga 2-4 bo‘lak qilib qirqib, havo qirib turadigan joylarda yoki quritgichlarda (25-300 haroratda) quritiladi.

Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot tashqi tomondan qizg‘ish- -qo‘ng‘ir probka bilan qoplangan, silindirsimon, biroz yalpaygan, egilgan va engil, 30 sm gacha uzunlikda hamda 0,5-1,5 sm yo‘g‘onlikdagi ildizpoya bo‘laklaridan iborat. Ildizpoyaning yuqori tomonida qiyshiq o‘rnashgan, qurigan poya, o‘rovchi barg va pastki tomonida ko‘pgina mayda, yumaloq ildiz chiqqan joylar bor. Ildizpoya tekis sinuvchi, ichi teshik-teshik, oqish-pushti, ba’zan sarg‘ish ranga bo‘yalgan. Mahsulotning nihoyatda yoqimli hidi va xushbo‘y-achchiq mazasi bor.

Qirqilgan mahsulot turli shakldagi 1-7 mm li ildizpoya bo‘laklaridan tashkil topgan.

XI DF ga ko‘ra mahsulot namligi 14 %, umumiy kuli 6 %, ichi qoraygan ildizpoya bo‘laklari 5 %, ildiz va barg qoldiqlaridan yaxshi tozalanmagan ildizpoya bo‘laklari 5%, 2 sm dan kichik ildizpoya bo‘laklari 2 %, organik aralashmalari 1 % va mineral aralashmalar 2 %, dan oshmasligi kerak.

Qirqilgan mahsulotda 7 mm dan yirik bo‘lgan bo‘lakchalar 10 %, teshigining diametri 0,5 mm li elakdan o‘tadigan mayda qismlar 10 %, kukun (poroshok) holidagi mahsulotda esa namlik 10 %, teshigining diametri 0,310li elakdan o‘tmaydigan yirik qismlar 5 % dan oshmasligi lozim.


Download 476.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling