1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja


Kanakunjut urug‘ining kunjarasi zaharli


Download 476.38 Kb.
bet221/295
Sana06.11.2021
Hajmi476.38 Kb.
#171357
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   295
Bog'liq
Илмий изланиш 96522

Kanakunjut urug‘ining kunjarasi zaharli.Undan azot saqlovchi o‘g‘itsifatida foydalaniladi.

Ishlatilishi. Kanakunjut moyi tibbiyotda eng yaxshi surgi dorisifatida ishlatiladi, shuningdek, ginekologiyada hamda ko‘z kasalliklari, yaralar, tananing kuygan erini, leyshmanioz va boshqa teri kasalliklarini davolashda qo‘llaniladi. Kanakunjut moyi soch o‘sishiga yordam beradi.



Dorivor preparatlari. Kanakunjut moyi,moy emulsiyasi,urug‘dantayyorlangan pasta va undetsilen kislotadan tayyorlangan surtma. Undetsilen kislota teri kasalliklari - dermatozlar va psoriazni davolashda ishlatiladigan «Sinkundan» va «undetsin» surtmalari hamda «dustundan» kukuni (poroshogi) tarkibiga kiradi. Bundan tashqari, moy Vishnevskiy surtmasi va elastik kolodiy tarki6iga ham kiradi.

Moy sovun olishda, texnikada esa motorlarni moylashda, plastmassa, linoleum, hamda boshqa materiallar tayyorlashda ishlatiladi.

Kanakunjut moyining past haroratda qotishi, spirtda erishi, nihoyatda yopishqoqligi hamda surgi xususiyati uning tarki6ida oksiolein – ritsinol kislota borligiga bog‘liq. Moy yuqori haroratda qizdirilsa, ritsinol kislota gidroksil guruhini, moy esa yuqorida aytib o‘tilgan xossalarini yo‘qotadi. SHu sababdan moyini ovqatga ishlatish uchun kanakunjut Xitoyda va Hindistonda ko‘p ekiladi.


Download 476.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling