SHaftoli moyi – Oleum persicorum
SHaftoli moyi ra’noruldoshlar - Rosaceae oilasiga kiruvchi shaftoli - - Persica vulgaris Mill, o‘rik-Armeniaca vulgaris Lam., olxo‘ri- Prunus domestica L.;tog‘olcha- Prunus divaricata Ledeb.kabi mevali daraxtlarning urug‘idansovuq presslash usuli bilan olinadi. SHaftoli moyi och sariq rangdagi quyuq suyuqlik bo‘lib, mazasi yoqimli va o‘ziga xos kuchsiz hidi bor. Tarkibi bodom moyiga o‘xshash. SHuning uchun bodom moyi o‘rnida ishlatiladi. SHaftoli moyi bodom moyiga nisbatan arzon. SHaftoli moyi - 100 haroratda qotmaydi, ammo moyning ustida yupqa parda hosil bo‘lishi mumkin. Moyning zichligi - 0,914-0,920, refraksiya soni - 1,470-1,473, sovunlanish soni 187-195 va yod soni 96-103. Kislota soni 2,5 dan oshmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |