BELLADONNA BARGI, ER USTKI QISMI VA ILDIZI - FOLlA, HERBA ET RADICES BELLADONNAE
O‘simlikning nomi. Oddiy (dorivor) belladonna - AtropabelladonnaL.; Kavkaz belladonnasi - Atropacaucasica Kreuer; ituzumdoshlar – Solanaceae oilasiga kiradi.
Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Belladonna o‘simligi barg vaildizining mikroskopik tuzilishi o‘rganiladi.
Bargni ishqor eritmasi bilan yoritib, so‘ngra tashqi tuzilishi mikroskop ostida ko‘riladi (1-rasm). Barg epidermisining yon devorlari egri-bugri bo‘lib,undagi kutikula qatlamlari bilinib turadi. Barglarda tomirlari bo‘ylab uch-to‘rt hujayrali oddiy, bir hujayrali boshchali va uzun oyoqchali hamda boshchasi ko‘p hujayrali va kalta (bir hujayrali) oyoqchali tuklar ko‘rinadi. Bargda kalsiy oksalat tuzining qumsimon kristallari joylashgan xalta hujayralar bo‘lishi uning eng xarakterli belgilaridan biridir. Bu xalta hujayralar bargning mezofill qismida tapqoq holda joylashgan bo‘lib, mikroskopning kichik ob’ektivida kichkina qopa dog‘ shaklida, katta ob’ektivida esa aniq ko‘rinadi. Ba’zan xalta hujayradagi kristallar bargda kukun (poroshok) holida sochilib ketgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |