BO‘YMODARON ER USTKI QISMI – HERBA MILLEFOLII
Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Buymodaron o‘simligi bargi vagulining mikroskopik tuzilishi tekshiriladi.
Ishqor eritmasida qaynatib, yoritilgan bargning tashqi tuzilishi mikroskop ostida ko‘riladi (4-rasm). Epidermis tashqi tomondan to‘lqinsimon ravishda joylashgan kutikula qavati bilan qoplangan. Epidermis hujayralari egri-bugri devorli, ayniqsa bargning pastki tomonidagi epidermis hujayralari ko‘proq egri-bugri devorli va maydaroq bo‘ladi. Ustitsalar 4-5 ta epidermis hujayralari bilan o‘ralgan bo‘lib, bargning yuqori tomoniga nisbatan pastki tomonida ko‘proq uchraydi.
Barg hap ikkala tomondan 4-7 hujayrali oddiy tuklar va tashqi ko‘rinishi tuxumsimon, yaltiroq efir moyli bezlar bilan qoplangan. Tuklarning asos qismi 4-6 tagacha kalta, oxirgisi juda ham uzun - terminal hujayradan tashkil topgan. Tuklarning oxirgi uzun hujayrasi tezda sinib ketadi. SHuning uchun bargda 4-6 hujayrali asos qismigina qoladi. Efir moyli bezlar murakkabguldoshlar oilasiga xos ravishda tuzilgan. Bezlar 8 (ba’zan 6) ta 3-4 qavat va 2 qator joylashgan efir moyi ishlab chiqaruvchi hujayralardan tashkil topgan. Barg tomirlari bo‘ylab yog‘simon moddalari yoki sariq-qo‘ng‘ir rangli donachalari bo‘lgan ajratuvchi yo‘llar joylashgan.
8 – AMALIYMASHG’ULOT.TARKIBIDA TROPAN UNUMIGA KIRUVCHI ALKALOIDLAR SAQLOVCHI DORIVOR O‘SIMLIKLARNING MIKROSKOPIK TUZILISHINI O‘RGANISH
Do'stlaringiz bilan baham: |