Ildizning mikroskopik tuzilishi. Sovuq usulda yumshatilgan ildizni ko‘ndalangiga kesib preparat tayyorlanadi. So‘ngra preparatni xloralgidrat eritmasi yordamida mikroskop ostida ko‘riladi (2-rasm). Ildiz tashqi tomondan och qo‘ng‘ir rangli 2-6 qavat po‘kak hujayralari bilan qoplangan.
Birlamchi po‘stloq ko‘ndalangiga cho‘zilgan yirik, ikkilamchi po‘stloq esa maydahujayralardan tashkil topgan. Floema elementlari parenxima hujayrasiganisbatan mayda, hujayra po‘sti qalinroq bo‘lishi bilan yaqqol ajralib turadi. Kambiy halqasi aniq bilinadi. Suv naylar guruh-guruh holida uchraydi. Kambiy yaqinidagi suv naylar boshqalariga nisbatan yirikroq bo‘ladi. Yirik suv naylari traxeidlar bilan o‘ralgan. Qariroq ildizning ikkilamchi ksilema parenximasida hujayra po‘sti uncha qalin bo‘lmagan tolalar hamda qo‘shimcha floema bo‘ladi (ituzumdoshlar oilasiga kiruvchi ko‘pchilik o‘simliklarga xos). Parenxima hujayralarida yumaloq shaklli kraxmallar va kristalli xalta hujayralar uchrab turadi.
YOvvoyi holda o‘sadigan belladonna mahsulotiga skopoliya o‘simligining bargi aralashib qolishi mumkin (bu o‘simliklar bir erda o‘sadi). Skopoliya bargi belladonna bargidan morfologik va anatomik jihatdan farq qiladi.
Skopoliya bargining asos qismi toraygan, tomirlari bargining pastki tomonida aniq ko‘rinib turadigan to‘r hosil qiladi (morfologik farqi). Bargning kutikula qatlami ko‘rinmaydi, kristalli xalta hujayralar esa deyarli bo‘lmaydi (anatomik farqi).
Do'stlaringiz bilan baham: |