1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja
Vitaminlarning o‘simliklar hayotidagi ahamiyati
Download 476.38 Kb.
|
Илмий изланиш 96522
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suvda eruvchi vitaminlar
Vitaminlarning o‘simliklar hayotidagi ahamiyati Vitaminlar o‘simliklar hayotida katta rol o‘ynaydi. Ular moddalar almashinuvining asosiy regulyatori - fermentlar biosintezida ishtirok etadi. Vitaminlarning ko‘pchiligi oqsillar bilan birlashib, fermentlar hosil qiladi. Ba’zi vitaminlar aminokislotalar (masalan, vitamin N - biotin asparagin, serin va boshqa aminokislotalar) almashinuvida ishtirok etadi. Vitamin S, karotin, katexinlar va flavonollar o‘simlik to‘qimalarida doimiy ravishda ro‘y berib turadigan oksidlanish va qaytarilish jarayonida faol qatnashadi. Bu jarayon davrida vitaminlar ma’lum vaqt ichida oksidlanib va qaytarilib turadi.
Vitaminlar ta’sirida o‘simliklarning hosildorligi oshadi,etilishi tezlashadi va ildizi tez rivojlanadi. Ba’zi vitaminlar (karotinoidlar) esa fotosintez jarayonida va o‘simlik gullarining changlanishida ishtirok etadi. Vitaminlar erituvchilarda erishiga qarab ikki guruhga bo‘linadi: Suvda eruvchi vitaminlar - V1, V2, V6 , RR, N, R, S va U vitaminlar, pantaten, folat, para-aminobenzoat kislotalar, inozit va boshqalar. YOg‘larda eruvchi vitaminlar - A, D, E va K vitaminlar. Mahsulot tarkibidagi vitaminlar miqdori doimo o‘zgarib turib, ko‘pincha o‘simliklarning gullash davrida er ustki organlarida maksimal miqdorda to‘planadi. Mevalarda esa, ular pishib etilgan vaqtida ko‘p yig‘iladi. SHuning uchun vitaminli mahsulotlarni tayyorlash yuqorida aytib o‘tilgan vitaminlarga boy davrida o‘tkazilishi kerak. Ko‘pchilik vitaminlarning o‘zi turg‘un birikma bo‘lsa ham ma’lum sharoitlarda (yuqori harorat, namlik, yorug‘lik va boshqa faktorlar ta’sirida) oksidlanishi, parchalanishi yoki boshqa o‘zgarishlarga uchrashi mumkin. Natijadavitaminlar o‘zining biologik faolligini yo‘qotadi. Vitaminli mahsulotlarning yuqori sifatliligini saqlab qolish uchun ularni tayyorlashda, quritishda va saqlashda yuqorida ko‘rsatilgan sharoitlarni hisobga olish zarur. Vitaminli mahsulotlar havo quruq vaqtida, shudring ko‘tarilgandan so‘ng yig‘ilishi lozim. Yig‘ilgan mahsulotni bir erga to‘plab qo‘ymasdan, tezda soya joyda yoki quritgichlarda (mevalar ochiq havoda) quritilishi maqsadga muvofikdir. So‘ngra yig‘ilgan mahsulotni vitamin olish yoki galenpreparatlari tayyorlash uchun tezda zavodlarga yuboriladi yoki omborlarda va dorixonalarda quruq, salqin, quyosh nuri tushmaydigan joylarda saqlash mumkin bo‘ladigan tegishli idishlarda saqlanishi lozim. Download 476.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling