1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja


Efir moylarining fizik xossalari


Download 476.38 Kb.
bet96/295
Sana06.11.2021
Hajmi476.38 Kb.
#171357
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   295
Bog'liq
Илмий изланиш 96522

Efir moylarining fizik xossalari

Efir moylar ko‘pincha rangsiz yoki ba’zan turli rangdagi (yashil, och sariq, to‘q ko‘k, qizil, qo‘ng‘ir) o‘ziga xos hidga va o‘tkir mazaga ega uchuvchan tiniq suyuqlikdir. Uning zichligi ko‘pincha suvdan engil, ba’zan og‘ir bo‘lishi mumkin. Juda engil efir moyining zichligi 0,8; eng og‘iriniki esa 1,182. Ko‘pchilik efir moylari tarkibida assimetrik uglerod atomi bo‘lgani sababli, yorug‘lik tekisligini o‘ngga yoki chapga og‘diradi. Efir moylarining qaynash harorati qat’iy emas. Uni tashkil etgan komponentlar turli haroratda qaynab, ayrim-ayrim ajralib chiqaveradi. Efir moylari barcha organik erituvchilarda yaxshi eriydi, yog‘lar bilan har xil miqdorda aralashadi, suvda erimaydi. Suv bilan chayqatilganda hidi va mazasi suvga o‘tadi. Bu usulda olingan xushbuy aromatik suvlar, masalan, Aqua Rosae, Aqua Menthae, Aqua Foeniculi va boshqalar tibbiyotda ishlatiladi.

Efir moylari neytral yoki kuchsiz kislotali muhitga ega. Ular sovutilganda, kristall qismi ajralib chiqadi. Ana shu qismi stearopten (ko‘p ishlatiladi), qolgan suyuq qismi esa eleopten deb ataladi.

Efir moylarning kimyoviy tarkibi Efir moylar organik moddadar aralashmasidan iborat bo‘lib, tarkibiga barcha to‘yingan va to‘yinmagan birikmalar, alifatik, siklik va aromatik uglevodorodlar, terpenlar, spirtlar, yog‘ kislotalar, fenollar, murakkab efirlar, aldegidlar, ketonlar, laktonlar va tarkibida azot hamda oltingugurt bo‘lgan boshqa organik moddalar kiradi.

Tarkibida kislorod bo‘lgan birikmalar va ularning efiri efir moylarga hushbuy hid beradi. Seskviterpenlar efir moylarning yuqori haroratda qaynaydigan fraksiyasini tashkil etadi. Efir moyining kimyoviy tarkibi o‘simlik yoshiga, ekiladigan joyining iqlimiga va o‘sish davriga qarab o‘zgaradi.


Download 476.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling