1-ma’ruza kirish. Fermentlar injeneriyasi fani asoslari,uning tarixi va hozirgi kundagi yutuqlari. Re’ja
Candida avlodiga mansub, tez rivojlanuvchi achitqilar va sekin o‘sadigan Sacchoromyces
Download 13.67 Kb.
|
Fermentlar injeneriyasi - 1- Ma\'ruza . KIRISH
Candida avlodiga mansub, tez rivojlanuvchi achitqilar va sekin o‘sadigan Sacchoromyces avlodiga mansub achitqi zamburug‘lar vakillari nonvoychilik va pivochilik sohalarida ishlatilishi barchamizga ma’lumdir. Mazkur mikroblar yordamida o‘sha tanqis aminokislotalar – lizin, triptofan, treonin va metionin ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
Aminokislota va achitqilardan birinchi navbatda eng asosiy ozuqa mahsuloti, rizq-ro‘zimiz bo‘lgan nonning ozuqa qiymatini oshirishda foydalanish mumkin. Olimlarning aniqlashicha nonda oqsil miqdori unchalik ko‘p emas: javdar unidan tayyorlangan nonning 100 grammida hammasi bo‘lib 6,5 grammgacha, bug‘doy unidan tayyorlangan nonda – 8,3 gramm oqsil bo‘ladi, xolos. Biroq, olimlar o‘rta yoshli kishining bir kunda 450 g non eyishi tufayli oladigan oqsil miqdori bor -yo‘g‘i 29 grammga ya’ni uning o‘rtacha sutkalik ehtiyojining uchdan biriga teng kelishini aniqlaganlar. Shuningdek, nonda lizin, triptofan, metionin etishmaydi. Umuman bug‘doy nonning biologik qiymati 38% ni tashkil etsa, oqsilning sof parchalanishi 33% ga teng. Xo‘sh, qanday usullar bilan nonning biologik samaradorligini oshirish mumkin? Bunda bizga yana biotexnologik jarayon orqali olingan lizin yordam berishi mumkin. Olimlarning ta’kidlashlaricha: 1 t unga atigi 150 gramm lizin qo‘shilganda nondagi oqsil sifati keskin oshishi aniqlangan. Bug‘doy uniga birgina tanqis aminokislota - lizin qo‘shilgandagina natijalar ana shunday. Agar un tarkibiga etishmayotgan barcha tanqis aminokislotalar qo‘shilsa, nima bo‘ladi? Demak, bug‘doy uniga tanqis aminokislotalarga boy bo‘lgan aminokislotalarni, zamburug‘larni (xamirturush) solish orqali biz aminokislotalar tarkibi va biologik qimmati bo‘yicha sut va tuxum oqsillariga yaqin va mol go‘shti oqsillaridan qolishmaydigan non mahsulotlarini olishimiz mumkin. Xamirturush faqatgina tanqis aminokislotalarga emas, balki vitaminlarning miqdori va sifati bo‘yicha ham ancha boydir. Umuman, biotexnologiya va sanoat mikrobiologiyasining rivojlanishi faqat ko‘p tonnali qimmatli ozuqa ishlab chiqarishni emas, balki turli xildagi fiziologik faol moddalar ishlab chiqarish imkonini ham beradi. Bu borada biotexnologiya sanoati imkoniyatlari beqiyosdir. Ularning yana bir tarmog‘i o‘simlik qoldiqlaridan (shox-shabba, g‘o‘zapoya, makkajo‘xori poyasi, somon va hokazo) shakar va uning o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishdir. Mikrobiolog olimlarning tajriba – sanoat sinovlari va hisoblarining ko‘rsatishicha, 1 t. quruq yog‘ochdan 450 - 500 kilogrammga etkazib shakar yoki bir kubometr zichlangan yog‘och qipig‘i, daraxt parchalari va o‘tindan esa 180 - 200 kg gacha shakar olish mumkin. Olingan toza shakar moddasi mikrobiologiya sanoati uchun oqsil moddalari achitqilari, vitaminlar, spirt va bir qator moddalar va mahsulotlar ishlab chiqarishga yaroqli bo‘ladi. Xuddi shu yo‘l bilan glyukozani ishlab chiqarish ham mumkin. Bunda yana biotexnologlar yordamiga tayanamiz. Buning uchun o‘simlikning selyuloza saqlovchi qoldiqlariga kimyoviy yoki fermentativ ishlov beriladi va natijada 55% glyukoza va 45% fruktozalardan iborat sharbat olish mumkin. Bunday aralashma shirinligi bo‘yicha biz 8odatlangan saxarozaga tenglashib, sanoat yo‘li bilan olinadigan lavlagi shakari o‘rnini bosishi mumkin. Glyukozaizomerazaning kashf etilishi va uning keng qo‘llanilishi shakarli moddalar ishlab chiqarish yo‘lida katta burilish yasadi. Immobilizatsiya qilingan bu ferment yordamida AQSH, Yaponiya, Daniya, Finlandiya kabi bir qator rivojlangan mamlakatlarda qand lavlagidan emas, balki ancha arzon va etarli bo‘lgan xomashyo makkajo‘xori donidan millionlab tonna shakarli ozuqa mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. 2000 yilning o‘zida 3 mln. tonna glyukoza fuktoza sharbati ishlab chiqarilgan va bu jarayon uchun zarur bo‘lgan glyukozaizomeraza fermenti 40 mln. AQSH dollari hajmida ishlab chiqarilgan. Shu o‘rinda e’tiboringizni shirin ta’m beruvchi moddalarga talab darajasining oshib borayotganligiga qaratmoqchimiz. Endilikda biotexnologiya sanoati shirin moddalar ishlab chiqarish sohasida mutlaqo yangi sahifa ochmoqda. Bu borada dastlabki samarali ishni Angliyaning Kent universiteti professori K.Stesi bajardi, u o‘z xodimlari bilan hamkorlikda zamonaviy biotexnologiya va gen muxandisligi usullari bilan shakarga nisbatan ming marta shirinroq bo‘lgan oqsil sintez qiladigan genni ajratib oldi va bakteriyaga (E. coli) o‘tkazdi. Bakteriya bu mahsulotni ishlab chiqara boshladi. Shuni a’lohida ta’kidlab o‘tish lozimki, yangi transgen mikrob-organizm, odam organizmi tana haroratidan yuqori haroratda o‘sib ko‘payadi. Shuning uchun ham u inson uchun umuman xavfli emas. Ayni paytda biotexnologik ishlab chiqarish amaliyotida quyidagi shirin ta’m beruvchi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Download 13.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling