Kesish jarayonida qo'llaniladigan moylash-sovitish texnoogik muhitlarining turlari
Kesib ishlashda qo'llaniladigan moylash-sovitish texnologik mu-hitlari MSTM quyidagi guruhlarga bo'linadi: l.Sovitish-moylash suyuqliklari (SMS):
sovun, moy va mineral elektrolitlarning suvdagi eritmalari, emulsiyalar (ikki fazali dispers sistema bo'lib, bir-birida erimaydigan suyuqliklardan tuziladi);
mineral va o'simlik moylari (surep, zig'ir, kastor va boshqalar, fosfor, oltingugurt va xlor qo'shilgan mineral moylar, sulfofrezol (oltingugurtlangan moylar), olein kislotasi, uglerod IV xloridi) va boshqalar;
kerosin va sirt aktiv moddalar (SAM)ning kerosindagi eritmalari, o'simlik moylari qo'shilgan kerosin;
qattiq holdagi moylovchi moddalar—kolloid holdagi grafit, xlorlangan parafin, mum, molibden II-sulfid va boshqalar qo'shilgan moylar va emulsiyalar.
Qiyin ishIanadigan metall va qotishmalarni kesishda murakkab tarkibli SMS, masalan 5...10% Ukrinol-1, 5...10% Akvol-3, 5...8% P3 СОЖ8, MP-4 va boshqa suvli eritmalar qo'llaniladi.
2.Gazsimon moddalar:
a) CO2 azot, havo va boshqa gazlar;
b) sirt aktiv moddalar (SAM) bug'lari;
d) purkaladigan suyuqliklar va ko'piklar.
3. Qattiq moddalar: sovun va parafinning kukuni, petrolatum, bitum, mum, grafit, molibden disulfidi, soda, kalsiy xloridi va boshqalar.
Moylash-sovitish texnologik muhitlaridan to'g'ri foydalanish kesib ishlov berishda ish unumdorligini 2-3 marta, kesuvchi asbob turg'unligini 8-10 marta oshirishga imkon beradi.
Metallarni kesib ishlashning turli usullari va ularga xos kesish parametrIari. Kesib ishlash usullariga mos kesuvchi asboblar— keskichlar, parmalar, zenkerlar, razvyortkalar, metchikJar, protyaj-kalar, frezalar, abraziv doiralar va boshqalar va ularning turlari kon-struktiv tuzilishi hamda o'ziga xos xususiyatlari laboratoriya mashg'ulotlarida batafsil o'rganilishi tufayli bu masala ushbu yerda yor-itilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |