1-Ma’ruza Kirish. Frezalash ishi to`g`risida umumiy ma`lumot. Frezalash dastgohlarining tuzilishi va asosiy qismlari. Frezalash dastgohlari


Download 137.47 Kb.
bet1/5
Sana06.04.2023
Hajmi137.47 Kb.
#1330973
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Maruza 1-2


1-Ma’ruza
Kirish. Frezalash ishi to`g`risida umumiy ma`lumot.Frezalash dastgohlarining tuzilishi va asosiy qismlari. Frezalash dastgohlari.
Reja: 1.Frezalash dastgohlari modellarini shartli belgilash tizimi
2. . Konsolli frezalsh dastgohlari
Adabiyot: N.S.Kolev,L.V.Krasnichenko va bosh.Metallorejushie
stanki , M.: Mashinostroenie, 1980-500 s..
Metal kesuvchi dastgohning ishchi organlariga harakatlarning kuzatilish uchun yurgizmalar qo’llaniladi. Ular asosan dvigateldan va turli xildagi uzatmalardan iborat bo’ladi. Ko’pincha dvigatel­lar sifatida bir tezlili asinxrom dvigatellar (o’zgaruvchan tok uchun va rotalari qisqa to’tashgan) qo’llanilib tezliklari 3000, 1500, 1000 va 750 ayl/minut bo’lgan turlari ko’p qo’llaniladi. Ulardagi quvvat mo’tadil bo’ladi, aylanishlar soni deyarli o’zgarmaydi. Shuningdek ko’p tezlikli elektr dvigatellar ham qo’llanila­di: 1500/3000, 750/1000 ayl/min uch tezlik 1000/1500/3000 ayl/min qo’llaniladi. Jilvirlovchi dastgohlarda bosh harakatni so­dir etish uchun 5000 ayl/min tezlikda harakatlanuvchi yuqori chasto­tali elektrodvigatellari tejamkorlik nuqtai nazaridan qo’llanib kelinmokda. Chastotalari soni 600-2400 Gts gacha bo’lishi mumkin. Umumiy koida sifatida elektrodvigatellar etakchi val bilan bog’lovchi mufta orqali yoki tasmani uzatma bilan bog’langan bo’ladi. Tayyorlanma va kesuvchi asboblar harakati dastgohning ishchi yoki bajaruvchi a`zolari bilan bog’langan holda amalga oshiriladi. Harakatlar turli ko’rinishdagi kinematik juftliklar - tasmali, tish­li, zanjirli uzatmalar orqali uzatiladi.
Dastgohlarda kinematik bog’lanish. Metall kesuvchi dastgohlar­da ularning harakatga keluvchi qismlariga harakatni uzatish mexa­nizmlari turlicha va anchagina murakkab bo’lgani tufayli ularni urganmok alohida dikkatga sazovordir. "Kinematik bog’lanish" de­ganda dastgohning harakatlanadigan qismlarini o’zaro bog’lanuvchi zanjirga aytiladi.
Boshqaruvchi kinematik bog’lanishlar ichki hisoblanadi. Tashqi kinematik bog’lanishda bajaruvchi mexanizmni harakatlar manbai bo’lmish dvigatel bilan bog’lanishga aytiladi.
Murakkab harakatlarni bajaruvchi mexanizmlarda kinematik bog’lanishlarga misol
ichki kinematik tashqi kinematik
bog’lanish bog’lanish
Xozirgacha ko’rib utilgan kmnematik bog’lanishlarda mexanik uzatmalardan tashqari gidravlik, elektrik va pnevmatik bog’lanish­lar ishlatilishi mumkin.
Gidravlik bog’lanishli uzatmalarda harakatni ostonasiz ravish­da boshqarilib, dastgohni muxofazasini (katta yuklanishdan) ta`­minlash qulaydir. O’zining o’lchamlari katta bulmasa ham gidravlik qurilmalarda katta kuchlanishlar hosil qilish mumkin. Gidravlik uzatma asosan quyidagilardan iborat - nasos, nazorat roslash ap­paratlari va gidrodvigateldir. Gidrodvigatellar uz navbatida ikkiga bo’linadi (guruhga) aylantiruvchi yoki gidromotorlar va to’g’ri chiziqli Harakatni amalga oshiruvchi gidrosilindrlardan ibo­ratdir. Ishchi suyuqlik ssifatida mineral yog’lar (industrial’ 12 va 20, turbina 22) ishlatiladi.
Yog’larning oqimini yunaltirish va boshqarishni osonlashtirish uchun turli ko’rinishdagi zolotniklar qo’llaniladi. Zolotniklarda suyuqlikni turli tomonlarga yunaltirish va ularni tezligini boshqaruvchi qurilmalar mavjud bo’lib, zolotnikning turli holatlariga bog’liq bo’ladi.
1. Moy uchun sigim 2. Bo’shatish klapani 3. Nasos 4. Drossel
5. Teskari klapan 6. Zolotnik 7. el.salenoid 8,9. Quvurlar
10.Kuch silindri 11.Stol
Drosselli boshqariladigan gidravlik sxema uzatmalari.
Dastgohlarni kinematik rostlash asoslari.
Detallarga kerakli o’lchamda ishlov berish uchun dastgohning eng so’nggibo’g’iniga harakatni uzatishda uni kinematik zanjirini ros­lamok kerak. Agar boshlang’ich bo’g’in elektrdvigatel bo’lsa u holda boshlang’ich va oxirgi bo’g’inlarni kinematik bog’lanishlarni quyidagicha ifodalash mumkin:
n piv=nshp
bunda n, nshp- boshlang’ich va oxirgi bo’g’inlarning aylanishlar soni.
p, iv - tasmali uzatmaning FIK i va uzatishlar soni
Hisoblashni yanada soddarok ko’rinishga keltirish maqsadida ki­nematik bog’lanishlar tenglamassini balanslangan ko’rinishi quyidagicha
n piv=Sshp, iv = nshp

Agar oxirgi bo’g’inda harakat aylanmaligicha kolsa u holda quyidagi tenglama orqali ifodalanadi.


n si = nk
nc , nk - boshlang’ich va oxirgi bo’g’in aylanishlar soni.
bordiyu boshlang’ich bo’g’in aylanadigan bo’lib oxirgisi esa to’g’ri chiziqli Harakat qilsa (mm/s)
nc i H = Sc
Sc - oxirgi bo’g’inni surilishi. N - kinematik juftlikning su­rilma yuli mm/ayl.
N - kinematik juftlikda aylanishning to’g’ri chiziqli harakatga aylantirilishini vintli juftlikda amalga oshirilsa
H = k t v k- vintdagi kirimlar soni
Tb- vintdagi qadam miqdori (mm) bordiyu reykali uzatma bo’lsa
H = mz m - tish moduli (mm)
z - tishlar soni (g’ildirakdagi)
bularni inobatga olgan holda bir sekundlik surilishlarni kinema­tik balanslash tenglamasini quyidagicha ifodalash mumkin:
nc i k tv = Sc va nc i m z = Sc
Agar mm/ayl birligida bir aylanishdagi surilishni bilmokchi bo’lsak ularning kinemmatik balans tenglamasi quyidagicha hisobl­danadi:
1 ob i H = S mm/ayl
yuqorida keltirilgan tenglamalar yordamida dastgohlarni rost­lashda kerakli uzatishlar miqdorini hisoblash mumkin:
iv = nshp / Cshp
Bu tenglama yordamida har qanday dastgohdagi almashtiriladi­gan tishli g’ildiraklarni aniqlash mumkin.
Xulosa qilib aytish mumkinki har qanday dastgohning kinema­tik strukturasi ishlov beriladigan detalning geometrik shakliga, o’lchamlariga va ishlov berish usullariga bog’liq bo’ladi.
Nazorat savollar: 1.Harakatni uzatish deb nimani tushunasiz?
2.Uzatma nimadan boshlanadi va nima bilan tugaydi?
3.Assinxron dvigatellarini asosiy xossalari nimada?
4.Kinematik zanjir nima va u qanday to’ziladi?
5.Ichki bog’lanish va tashqi bog’lanishlarni tushuntiring?
6.Gidravlik bog’lanishning afzallik va kamchilik tomoni nimada? 7.Kinematik rostlash deb nimani tushunasiz? 8.Kinematik balans tenglamasi nima uchun hisoblanaadi? 9. Surilishni rekali juftlik bilan oxiriida tugallansa miqdori nimaga teng bo’ladi. 10.Kinematik balans tenglamasi erdamida qanday masalani xal qilish mumkin?
Tayanch iboralar: ishchi organ; uzatma; juftlik; assinxron; ko’ptezlikli; birtezlikli; yuqori chastotali; kinematik bog’lanish; kinematik juftlik; kkinematik sxema; gidravlik bog’lanish; nasos; gidrodvigatel; zolotnik; drossel; klapan; ishchi suyuqlik; industrial 12; turbina 22; balans tenglama.
Frezalovchi dastgohlar bajaradigan ishlari ko’lami juda keng bo’lib , ular turli operatsiyalarni bajara oladilar. Dastgohlarda ichki va tashqi fasonli izalarga vintsimon yoki to’g’ri kanavkalarni kazishni,tish kazish va bajarish ishlarni bajaradilar. Ular asosan ichki gurruxlarga bo’linadi: universal (barcha ishlarni bajarishda ) va maxsus dastgohlardan iborat. Birinchi guruhdgilarga gorizon­tal-frezerlovchi, vertikal-frezerlovchi va bo’ylama (prodol’niy) frezerlovchi Dastgohlar kirsa,ikkinchi guruhga - shponk-frezerlov­chi, shlitsa-frezerlovchi, karusel-frezerlovchi va boshqa dastgohlar ki­radi.
Gorizontal - frezerlovchi dastgoh.
Asosiy tavsifini ifodasi dastgoh shpindelining aylanish o’qi gorizontal joylashganidadir. Dastgoh modeli 6R82SH - keng univer­sal dastgoh bo’lib, unda dastgoh stolidan katta o’lchamdagi detal­larga ham ishlov berishni amalga oshirish mumkin. Buning uchun dastgohning hartumi urnashgan qismida kushimcha shpindel qism joylashti­rilgan. Undagi barcha ishchi harakatlarni alohida o’rnatilgan elektrodvigatel bajaradi.
Universal bo’luvchi kallag.
Kallagning vazifasi frezalash dastgohida tishlari turli shakl­da joylashgan tishli g’ildiraklarga tish chiqazish uchun, vintsimon kapavkalar kazish ishlarini bajarish uchun qo’llaniladi. Asosiy va­zifasi ishlov berilayotgan xomashyog’a dastgoh suruvchi stolining harakati bilan moslashtirilgan harakatni berish amalga oshiriladi.
Modulli disksimon frezalar yordamida tishli g’ildiraklarning tishini qazish universal bo’luvchi kallag yordamida amalga oshiriladi.
Kallaglar ikki ko’rinishda bo’lishi mumkin: limbali va limba­sizlar. Bo’luvchi kallaglarni rostlashni uch usuli mavjud: tupadan to’g’ri bo’lish orqali, oddiy va diferentsial bo’lishlardir.
Tupadan to’g’ri bo’lishda xomashyo aylanasining 2,3,4,6 va 12-ga bo’lish mumkin, chunki kallagda 12-ta oldindan tayyorlangan chuqur­chalar mavjud bo’lib, ushalar yordamida bo’lish ishi amalga oshiriladi.
Bunday rostlashning imkoniyatlari juda tor hisoblanadi.
Oddiy bo’lishlarda aylanuvchi dastagning aylanishi sonini, kallg shpindeli aylanish soniga nisbati butun son chiqmasligida amalga oshirish to’g’ri kelganligida amalga oshirish to’g’ri kelganda qo’llaniladi. Agar xomashyo Z qismga bulmokchi bo’lsak, kallag shpin­delini 1/Z ga burashga to’g’ri keladi. Dastagning burash miqdorini (rostlash davrida) quyidagi tenglamma orqali aniqlash mumkin:

ng= =



bunda N - kallagning tavsifi soni; ko’pincha 40-ga teng bo’ladi; A - dastagni necha teshikka burash soni; V - bo’lish diskdagi teshiklar soni (bir aylanmadagi teshiklar soni)
Mabodo yuqorida ko’rsatilgan bo’lishlar amalga oshirilmagan tak­dirda, differentsial bo’lish kallagi qo’llaniladi. Bulardan tashqari optik usulda bo’lish kallagi ham mavjud.
Sidirish (protyatkalash) Dastgohlari.
Sidirish Dastgohlari turli shakllarda ichki va tashqi sirtlarga ishlov berish uchun qo’llaniladi. Asosiy qo’llanilishi kulami-yoppasi­ga ishlab chiqarishda ishlatilinadi. Dastgohlar universal va max­suss bo’lishi mumkin. Ichki yuzalarga sidirish yuli bilan ishlov be­rishda hosil bo’ladigan yuzalar shakli ... rasmda ko’rsatilgan
Sidirish operatsiyasining sxemasi ... rasmda keltirilgan. Dastgohlarni tavsifi unda sidirish kuchining miqdoriga qarab
farqlanadi. Ma`lum Dastgohlar 25-980 kN miqdoriga ega bo’lgan sidiruvchi kuch hosil qila biladi. Sidirgich asbobini sudrovchi aravachaning surilish yuli 1-2 m-ni tashqil qilishi mumkin.
7B55-sidirish Dastgohi asosan ichki sirtlarga ishlov berish uchun mo’ljallangan bo’lib, maxsus moslama kullash natijasida tashqi yuzalarni sidirish ishi bajarilishi mumkin.
Nominal tortish kuchi 100 kN; ishchi sidirish tezligi 1,5-11,5 m/min, orkaga bo’sh yurish tezligi 20-25 m/min. elektr dvigateli­ning quvvati 17 kvt. Maabodo Dastgoh avtomatik yuklash qurilmasi bilan jixozlansa, u avtomatik ravishda ishlashi mumkin.
Gorizontal sidiruvchi Dastgohning tashqi ko’rinishi rasmda tas­virlangan.
Randalash (strogallovchi) Dastgohlari.
Randalash Dastgohlari asosan tekisliksimon va fasonli chiziq­li sirtlarga ishlov berish (keskich bilan) uchun qo’llaniladi. Dastgohlar asosan uch turga bo’linadi: ko’ndalang-ranladash va bo’ylama-randalash va uyuvchi turlariga bo’linadi.
Birinchi turdagi Dastgohlar o’lchamlari uncha katta bulmagan, urtacha kattalikka ega bo’lgan detallarga ishlov berish uchun mo’ljallangan, ikkinchi turi-og’ir va o’lchami katta detallarga ishlov berish uchun moslashtirilgan. Uyuvchi Dastgohlarda asosan shponkaxo­nalarni uyish, turli shakldagi kanavkalarni (arikchalarni) hosil qilishga mo’ljallangan. Dastgohda ikki xil ish - birinchisi ishchi yurishda keskichning qirindi chiqarish ishi nazrda tutilsa, ikkinchisi bo’sh yurish xraktlari amalga oshiriladi.
Ko’ndalang-randalovchi Dastgoh.
Uning tavsifini kesuvchi asbob o’rnatilgan surilmasi (polzu­ni) bosib o’tadigan ishchi yuli uzunligi bilan belgilnadi. Odatda bu yul uzunligi 200-400 mm dan iborat bo’ladi. Ishchi uzunligi (1500 mm dan) katta bo’lganda, xomashyo o’rnatilgan stol kuzgalmas qilib yaratilgan, uning keskich ushlab turgan surilmasi yul uzun­ligi 700-1000 mm bulgnlari gidravliklashtirilgndir.
7E35 modelli Dastgohning kinematik sxemasi ... rasm kelti­rilgan. eng katta ishchi yurish uzunligi 0,5 m. Surilmasini Harakatga keltiruvchi mexanizm-kulisa ilgrilaa-qaytma mexnizmidn ibo-
rat.
7212 - bo’ylama randalash Dastgohlari
7D43 - uyuvchi vertikal Dastgoh
Nazorat savollar: 1. Frezalovchi dastgohlarda qanday ishlar bajariladi? 2. Asosiy asboblardan qaysi birini bilasiz? 3. Dastgoh qanday asosiy qismlardan iborat? 4. 6R82SH dastgohini tavsiflab bering? 5. Tishli g’ildirak qanday tayyorlanadi? 6. Bo’luvchi kallak qanday ishlaydi? 7. Xom-ashe dastgohda qanday urnatiladi? 8. Sidirgich asbobi qanday ishlaydi? 9. Randalovchi dastgoh nima ish bajara oladi? 10. Randalovchi dastgoh turlarini aytib bering?.
Tayanch iboralar: freza; disksimon; silindrsimon; utkir tishli; zatelovkali; bo’luvchi kallak; kallak tavsifi; shponka-frezalovchi;shlitsa-frezalovchi; korusel-frezalovchi; hartun; kushimcha shpindel; limba; modulli freza; differentsial bo’lish; 7B55.


Download 137.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling