1-mar’uza kirish. Hayot faoliyati havfsizligi fanini maqsadi va vazifalari. Ishlab chiqarish korxonalarda xayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash. O’zbekistonda mdx davlatlarida hfh ta’minoti. Muxofaza


Download 193.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi193.38 Kb.
#1491101
  1   2   3
Bog'liq
1 маъруза



1-MAR’UZA 
Kirish. Hayot faoliyati havfsizligi fanini maqsadi va vazifalari. Ishlab 
chiqarish korxonalarda xayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash. O’zbekistonda 
MDX davlatlarida HFH ta’minoti. Muxofaza. 
Rеja: 
1. Kirish. 
2. Fanning maqsadi va vazifalari. Tarkibi. 
3. Xavf xatar haqida tushuncha 
4. Tavakkal nazatiyasi turlari 
5. Hayot xaoliyati xavfsizligini ta’minlash asoslari, yo’llari, usulari 
6. Xayot faoliyati xavfsizligini boshqarish vositalari. 
7. Mehnatni muhofaza qilish qonuniyatlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-
sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha HARAKATLAR 
STRATEGIYASI” ning beshinchi yo‘nalishi xavfsizlikka bag‘ishlangan bo‘lib, 
insonlarning xavfsizligi va sog‘lig‘ini saqlash ijtimoiy taraqqiyot yo‘lidagi muhim 
vazifa hisoblanadi. Shuning uchun kimyo sanoati korxonalarida mahsulot 
etishtirish jarayonida ishlab chiqarish sharoitini yaxshilash, ishlab chiqarishda 
jarohatlanish va kasb kasalliklarining kelib chiqish manbalarini yo‘qotish, 
shuningdek ish faoliyati inson uchun charchash, toliqish va kasallanish manbai 
bo‘lishligining oldini olishga harakat qilish zarur. Bularni amalga oshirish uchun 
O‘zbekiston Respublikasida mehnatni muhofaza qilishning huquqiy, texnik va 
sanitariya-gigiena qoidalari bilan belgilab qo‘yilgan qonunlari qabul qilingan va 
yangidan tahrir qilingan qoidalar umumjahon talablari darajasida ishlab 
chiqilmoqda. 
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va siyosiy sohalardagi 
barcha islohatlarning asosiy maqsadi yurtimizda yashayotgan barcha fuqarolar 
uchun munosib xayot sharoitlarini tashkil qilib berishga qaratilgan ozod va obod 
Vatan erkinligi va farovon turmush qurish birinchi navbatda milliy istiqlol g’oyasi 
sodiq yetarli intelektual salohiyatga ega, ilm-fanning zamonaviy yutuqlari asosida 
mustaqil fikr va mulohaza yurita oladigan shaxslarni tarbiyalash xamda raqobat 
bardosh , yuqori malakali kadrlarni tayyorlash masalasiga bog’liqdir.
Insoniyat taraqiyotida XX asrdan o’tib, XXI asrga qadam qo’ydik o’tgan 
asrda yuz bergan ijobiy o’zgariw ilm-fan taraqiyotining yuqori bosqichlariga 
kotarilganligi , yangi texnika va texnalogiyalarning paydo bolganligidir. 
Inson uchun faoliyatida munosib hayot sharoitini yaratish ilmiy-texnik 
taraqqiyoti asosida amalga oshiriladi va bu inson mexnatini yengillashtirish bilan 
bir qatorda turli xil xavfli sharoitlarni vujudga keltiradiki, natijada xar xil 
ko’rinishdagi baxtsiz xodisalar jaroxatlanishlar shikastlanishlar va kasb kasaliklari 
vujudga kelayapti. Lekin bu muqaddas zaminda O’zbekistonda yashayotgan xar bir 
inson yaxshi yashashni ya’ni o’zini moddiy, ma’naviy va ijtimoiy extiyojlarini 
to’liqroq qondirilishini istaydi, tinimsiz faoliyatda –mexnatda boladi.


Insonlarning bunday istak – maqsadlarini amalga owirishida boshqa 
mutaxasislik fanlari qatorida “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanini o’rganishi
talablariga etibor berishi, hayotida amal qilishi axamiyatli xisoblanadi . 
Hayot faoliyati xavfsizligi (HFX ) fanini insonning barcha ko’rinishdagi 
faoliyati davrida hamda favqulotda vaziyatlar vaqtida yuzaga keladigan xavfli 
omillarni o’rgatishi, uni bartaraf etishga, ishlab chiqarishdagi faoliyatida sog’lom 
va xavfsiz mexnat sharoitini yaratishga bag’ishlangan tadbirlarni majmuasini 
ifodalaydi. Hayot faoliyati xavfsizligi (HFX ) fanining maqsadi bo’lajak 
bakalavrlar mutaxassislarga insonni barcha faoliyatida sodir bo’ladigan xavflardan 
ogohlantirish, uni bartaraf etish me’yoriy mehnat sharoiti yaratish ta’minlashga 
bog’liq tadbirlarni qo’llash borasida nazariy , amaliy bilim berish ularda fan 
mazmuni talabi bo’yicha ko’nikmalar hosil qilishdan iborat.

Download 193.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling