Ayni paytda terrorizmning ham muhim jihatlari mavjud. Bu
hususiyatlar hususida AQSH davlat departamentining 1999 yildagi global
terrorizm to'g'risidagi ma'ruzasida ko'rsatib o'tilgan. Bular quyidagilardan
iborat:
yahshi tashkil qilingan terroristik guruhlardan tuzilgan halqaro jinoiy
uyushmaga aylanishi. Bularni mahalliy homiy davlatlar qo'llab - quvvatlab
turadilar;
siyosiy terrordan diniy yoki g'oyaviy asoslari ustun bo'lgan terrorizmga
aylanishi;
terrorizm markazining Yaqin Sharqdan Janubiy Osiyoga, hususan,
Afg'onistonga ko'chishi, terroristik tashkilotlar tomonidan ular jazosiz harakat
qilishi mumkin bo'lgan mintaqalardan joy qidirishi;
moliyalashtirishning hususiy homiylar, narkobiznes, uyushgan
jinoyachilik va noqonuniy savdo - sotiq kabi manbaalaridan foydalanishi kabi
hususiяtlari ko'rsatib o'tilgan.
Bularning ichida halqaro terrorizmning eng asosiy va havfli hususiyatlaridan
biri, "zo'rlik - davlatni qulatvuchi va hokimiyatga erishishni osonlashtiruvchi,
parokandalikka olib keladi" - degan g'oyaga asoslanib harakat qilishdir. Bunda
siyosiy masalalarni zo'rlik yo'li bilan hal qilishga harakat qilinadi.
Bu haqda, amerikalik mutahassis B. Jenkins "Terrorizm eng avvalo,
qurbonlardan ko'ra, guvohlarga qaratilgan va vahima uyg'otishga yo'naltirilgan
zo'rlik" deb baholaydi.
Boshqa bir amerikalik siyasatshunos J. Lonsning ta'rifiga ko'ra, terrorizm
bevosita qurbonlardan ko'ra ko'proq odamlar fikriga ta'sir o'tkazish uchun
qilinadigan tahdid yoki kuch ishlatishdir.
Demak, har bir terrorchilik hurujining maqsadi - davlat to'ntarishini
amalga oshirish, fuqarolar urushini keltirib chiqarishga asoslanadi.
Halqaro terrorizm va uning salbiy illatlari
Do'stlaringiz bilan baham: |