1 ma`ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta`minlash asоslari
yildagi "Terrorizmga qarshi kurash to'g'risida‘gi qonunning 4 -
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
HFHmajmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bu harakatlarda quyidagilar taqiqlanadi
2000 yildagi "Terrorizmga qarshi kurash to'g'risida‘gi qonunning 4 -
moddasida terrorizmga qarshi kurashning asosiy printsiplari aniq ko'rsatib berilgan. Ular quyidagilardan iborat: qonuniylik; shahs qonunlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi; terrorizmning oldini olish choralari ustuvorligi; jazoning muqarrarligi; terrorizmga qarshi kurashning oshkora va nooshkora usullarining ustuvorligi; jalb etiladigan kuchlar va vositalar tomonidan terrorchilikka qarshi o'tkaziladigan operatsiiяga rahbarlik qilishda yakkaboshchilik. Terrorizmni oldini olishda davlat organlari, fuqarolarning o'z - o'zini boshqarish organlari hamda jamoat birlashmalari bilan birgalikda profilaktik chora -tadbirlar o'tkazish orqali amalga oshiriladi. Bu harakatlarda quyidagilar ta'qiqlanadi: terrorizmni ta'qib qilish; terrorchilik guruhlari va tashkilotlarini tuzish hamda ularni faoliyat ko'rsatishi; terrorchilik faoliyatiga dahldor bo'lgan yuridik shahslarni, ularning bo'linmalari va vakolatlarini akkreditatsiya qilish, ro'yhatdan o'tkazish va ularning faoliyat ko'rsatishi; terrorchilik faoliyatiga dahldor chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo'lmagan shahslarning O'zbekiston Respublikasiga kirishi; tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan terrorchilik harakatlariga oid ma'lumotlar va fikrlarni yashirish; Ushbu qonunga binoan O'zbekiston Respublikasida quyidagi davlat organlari terrorizmga qarshi kurashni amalga oshiradi: jumladan, O'zbekiston Respublikasi Milliy Havfsizlik Hizmati, O'zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi, Davlat Bojhona qo'mitasi, Mudofaa va Favqulotda Faviyatlar Fazirliklari kiradi. Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etayotgan davlat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda terrorchilik faoliyatini olidini olish, uni aniqlash, unga chek qo'yish va uning oqibatlarini minimallashtirish borasida hamkorlikda harakat qilishlarini ta'minlash O'zbekiston Respublikasi Milliy Havfsizlik Hizmati tomonidan amalga oshiriladi. Bunda ishtirok etadigan har bir davlat organlarining vakillari ham ko'rsatib o'tilgan. Terrorchilik harakatlarini bartaraf etishda birinchi navbatda aholi hayoti havf ostida qolsa hamda moddiy va ma'naviy boyliklarni saqlab qolish maqsadida kuch ishlatmaslik uchun muzokaralar olib borish mumkin. Bunda ruhsat atilgan shahslargina muzokarani olib boradilar. Biroq muzokaralarning olib borilishi terrorchilarning sodir etgan jinoyatidagi javobgarlik olib tashlanadi. Muzokaralar terrorchilar harakatining ishtirokchilari tomonidan ijobiy hal bo'lmasa, ya'ni ular o'z harakatlarini to'htatishga rozi bo'lsalar, shuningdek fuqarolar hayotiga havf mavjud bo'lsa hamda moddiy va ma'naviy boyliklarning yo' bo'lishi aniq saqlanib turgan paytda, ularni qurolsizlantirish, va yo'q qilish uchun zarur choralar ko'riladi. Har qanday terrorchilik harakati muayyan hududda yuz beradi. Terrochilikka qarshi operatsiya o'tkaziladigan zonaning chegaralari terrorchilikka qarshi operatsiya o'tkazish rahbarlari tomonidan belgilnadai. Bunda hududning chegaralarini belgilashda hududning sharoiti, geografik tuzilishi, inshootlar o'ta muhim ob'ektlarning mavjud va mavjud emasligi, terromilik harakatlarining ko'lami va havfsizlik darajalari e'tiborga olinadi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling