1 ma`ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta`minlash asоslari
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
HFHmajmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Halqaro terrorizm ozining yovuz niyatlarini turli terroristik harakatlari bilan amalga oshiradi. Jumladan
Halqaro terrorizm - bir davlat hududi doirasidan tashqariga chiqadigan
terrorizmdir. Bu odamlarning behuda halok bo'lishiga olib keluvchi, davlatlar va ularni rasmiy vakillarining normal diplomatik faoliyatini buzuvchi hamda halqaro aloqalar va uchrashuvlarni, shuningdek, davlatlar o'rtasida transport va boshqa aloqalarni amalga oshirishni qiyinlashtiruvchi halqaro miqyosdagi ijtimoiy havfli harakat va qilmishlar yig'indisidir. Halqaro terrorizm XX asrning 60 - 70 yillariga kelib o'zini yaqqol namoyon qildi: dastlab turli davlatlardagi jinoyatchilar, o'z davlatiga nisbatan ekstremistik ruhdagi guruhlar birlashib, ijtimoiy - iqtisodiy jihatdan orqada qolayotgan va kam rivojlangan mamlakatlarda harakat ko'rsata boshladi. Halqaro terrorchilar ayrim davlatlarning rahbarlariga, halqaro miqyosda obro'ga ega bo'lgan siyasatchilarga chetdan turib suyuqasd uyushtirish, davlat, transport, aloqa va milliy havfsizlik tizimini ishdan chiqaruvchi portlashlar va harakatlar sodir etish, transport vositalari, jumladan samolyotlarni olib qochish bilan shug'ullana boshladilar. 80 yillarga kelib halqaro terrorizm yanada jiddiy tus oldi. Halqaro terrorizm o'zining yovuz niyatlarini turli terroristik harakatlari bilan amalga oshiradi. Jumladan: mustaqil davlatlar chegarasini buzish orqali amalga oshirish; diniy ekstremistik guruhlar tomonidan sodir etish; ekstremistik guruhlar tarkibida qo'poruvchilik harakatlari bo'yicha horijlik yo'rig'chilarning qatnashishi; ekstremistik guruh a'zolarining boshqa davlatlar hududida tashkil etilgan mahsus lagerlarda tayyorgarlik ko'rish; tayyorgarlik ko'rish va qo'poruvchilik sodir etishda, horijiy davlatlar va ekstremistik uyushmalar yordamida halqaro tus olgan noqonuniy qurol - yaroq savdosi va narkobisnesdan keladigan manbalardan foydalanish; Bulardan ko'rinadiki, halqaro terrorchilar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning ijtimoiy havflilik darajasi ortdi. Terrorchilar qo'liga yadroviy, kimyoviy, biologik va zamonaviy hujumkor qurollarning tushib qolish havfi kuchaydi. Bularning hammasi jahon jamoatchiligini qattiq tashvishlantirib qo'ydi. 1977 yilda katta "ettilik" davlatlari rahbarlarining Bonn (GFR) shahridagi uchrashuvida halqaro terrorizmga qarshi kurash to'g'risida bayonot qabul qilindi. Halqaro terrorizmning oshib borayotgan havfi va unga qarshi kurash masalalari oliy darajadagi keyingi barcha uchrashuvlarning asosiy mavzusi bo'lib keldi. Chunki halqaro terrorizm bir tizimga birlashib harakat qila boshladi. Ular safida turli davlat, millat vakillari, diniy ekstremistik ruhdagi shahslar, narkobiznes va qurol - yaroq savdosidan foyda ko'ruvchi jinoiy to'dalar, yollanib hizmat qiluvchilar paybo bo'ldi. Halqaro terrorchilik va ekstremistik markazida razil jinoyatchilarni tayyorlaydigan mahsus lagerlar ochildi. Halqaro terrorchilar aholini, hususan, dindorlar va yoshlarni davlatga, davlat tashkilotlariga qarshi qo'yishga hamda hokimiyatga qarshi muqolifatni shakllantirishga harakat qildi. O'zbekiston Respublikasi o'z mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab terrorizm va ekstremizmning har qanday ko'rinishiga qarshi qat'iyat bilan kurashib kelmoqda. O'zbekiston Respublikasi halqaro terrorizm ko'rinishlariga qaratilgan ko'plab halqaro bitimlarning: "havo kemalarini qonunga hilof ravishda egallab olishga qarshi kurashish to'g'risida‘gi 1970 yilda Gaaga konvetsiyasining; "Fuqaro aviatsiyasining havfsizligiga qarshi kurash to'g'risida‘gi 1971 yildagi Monreal Konventsiyaning; "Halqaro himoyadan foydalanuvchi shahslar, masalan diplomatik agentlarga qarshi jinoayatlarning oldini olish va jazolash to'g'risida‘gi 1973 yildagi konventsiyaning; "Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash to'g'risida‘gi va boshqa konventsiyalarning ishtirokchisi hisoblanadi. 2004 yildan Toshkentda Shanhay hamkorlik Tashkiloti (ShHT)ning mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo'mitasi faoliyat ko'rsata boshladi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling