1-Ma`ruza. Kirish. Hayotiy faoliyat havfsizligini ta’minlash asoslari. Reja


Download 37.75 Kb.
bet11/13
Sana08.01.2023
Hajmi37.75 Kb.
#1084634
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
LEK uzb 1

Ma`lumotiy moslashish mohiyati: Ergonomika “inson-mashina-ishlab chiqarish muhiti” tizimida shunday ma`lumotiy modelni yaratishni ta`minlashi kerak. Bu model ko`rsatilgan vaqtda mashinaning hamma kerakli ko`rsatkichlarini aks ettirishi va shu bilan bir vaqtda boshqaruvchining xotirasi va diqqatini zo`riqtirmasdan, ma`lumotlarni xatosiz qabul qilishni, hamda qayta ishlashni ta`minlashi lozim. Ya`ni, ma`lumotiy model insonning fizik va psixofiziologik imkoniyatlariga mos kelishi kerak.
Ma`lumotiy moslashishning ahamiyati: Yuqorida keltirilgan tizimda ma`lumotiy moslashishni shakllantirish juda murakkab masaladir. Boshqaruvchining xavfsizligi, ish unumdorligi, aniqligi va sifati shu masalaning qanaqa darajada echilganligiga bog`liq bo`ladi.
Ma`lumotlarni aks ettiruvchi vositalar (MAEV): Ekranlar; Mnemosxemalar; Strelkali asboblar; Elektron asboblar; Tovushli, rangli va boshqa turdagi asboblar.
MAEVga misollar (1):
Sensomotor maydon. Zarur hollarda jarayonlar kechishiga ta`sir etishni, ya`ni boshqarishni, ta`minlovchi vositalar: Dastaklar; Richaglar; Rostlagichlar; Knopkalar, qayta qo`shgichlar; va boshqa turli boshqarish vositalari.
Biofizik moslashish: Boshqaruvchi uchun maqbul fiziologik holat va talabga javob beradigan ishchanlikni ta`minlaydigan atrof-muhitni yaratish biofizik moslashish deb ataladi (mikroiqlim parametrlari, turli nurlanishlar, shovqin va titrash, havo tozaligi va boshqa).
Energetik moslashish: Odamning kuch va energetik ko`rsatkichlari chegaralangan. Shu sababli: mashinaning boshqaruv organlari va ularga boshqaruvchi tomonidan qo`yiladigan eng maqbul zo`riqish, sarflanadigan quvvat, harakat aniqligi va tezligi orasidagi o`zaro bog`lanish energetik moslashish deb ataladi.
Fazoviy – antropometrik moslashish: Mehnat jarayonida odam gavdasining o`lchamlarini, gavda holatini, tashqi fazoni ko`rish imkoniyatlarini nazarda tutadi. Bunda: ish o`rni hajmi; qo`l va oyoqlar etadigan zona chegaralari; MAEVlarni va sensomotor maydonni joylashtirish ko`rsatkichlari va boshqalar aniqlanadi. Bu masalani echish ham murakkab hisoblanadi, chunki odamlar turli ko`rsatkichlarga ega.
Fazoviy – antropometrik moslashishga misollar

Download 37.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling