1-Ma`ruza. Kirish. Hayotiy faoliyat havfsizligini ta’minlash asoslari. Reja


Download 37.75 Kb.
bet6/13
Sana08.01.2023
Hajmi37.75 Kb.
#1084634
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
LEK uzb 1

Tabiiy muhitning asosiy oqimlari.
- quyosh nurlanishi, yulduz va planetalar nurlanishi; - kosmik nurlar, chang, asteroidlar; - erning elektr va magnit maydoni; - ekosistemalarda, biosferada moddalar aylanishi; - atmosfera, gidrosfera va litosfera holatlari shu jumladan favqulodda holatlar; - boshqalar.
Texnosferadagi asosiy oqimlar.
- xomashyolar, energiyalar oqimi; - iqtisod sohasi mahsulotlarining oqimi; - iqtisod sohasi chiqindilari; - maishiy chiqindilar; - informatsiya oqimlari; - transport oqimlari; - yorug’lik oqimi (sun`iy yoritish); - moddalar va texnogen avariyalardagi energiya oqimlari; - boshqalar.
Ijtimoiy muhitdagi asosiy oqimlar.
- informatsiya oqimlari (o`qitish, davlat boshqaruvi, xalqaro hamkorlik boshqalar); - odamlar oqimi (demografik portlash, aholi urbanizatsiyasi); - narkotik , alkogol vositalar va boshqa oqimlari; - boshqalar.
Hayot faoliyat jarayonida inson iste`mol qiladigan va chiqaradigan asosiy oqimlar:
- kislorod, oziq-ovqat, suv va boshqa moddalar (alkogol, tamaki, narkotiklar) oqimlari; - energiyalar oqimi (mexanik, issiqlik, quyosh va boshqalar); - informatsiya oqimlari; -hayot faoliyat jarayonidagi chiqindilar oqimi; Fanning vazifasi quyidagilardan iborat: - mehnat faoliyati xavfsizligi talabi huquqiy savodxonlikka o`rgatish; - mehnat faoliyati xavfsizligi bo`yicha yo`l - yo`riq berish va yo`riqnomalar tayyorlash; - mehnat shartnomasi tushunchalari va unda mehnatni muhofaza qilish tamoyillarini o`rgatish; - mutaxassisni ishlab chiqarish sharoiti bilan organizm faoliyatini o`zaro ta`sir etish jarayonlarini o`rganishni nazariy va amaliy tomondan tayyorlash; - mehnat qonunchiligi, yoshlar, ayollar mehnati, jarohatlanish, baxtsiz hodisa sabablari va uni bartaraf qilish yo`llari, kishi organizmiga yorug’lik energiyasi, issiqlik shovqin va tebranishlar ta`siri; - mehnat sharoitini, undagi ta`sir etuvchi omillarni o`rganish, ularga baho berish uslublarini egallash, ish sharoitini sog’lomlashtirish tadbir va choralarini ishlab chiqish; - mehnat faoliyati davrida ish qobiliyatini o`rganish uslublarini egallash va ishlab chiqarish jarayonida charchashning oldini olish tadbirlarini ishlab chiqish; - umumiy va kasb kasalliklari kelib chiqishining oldini olish hamda ishlab chiqarish unumdorligini oshirish maqsadida barcha tadbir - choralarni ishlab chiqish; - mehnat faoliyati xavfsizligini o`rganishda ma`naviy-ma`rifiy va tarbiyaviy omillarning ahamiyatini o`rgatish; - yaratuvchanlik va bunyodkorlikda mehnatni muhofaza qilishga doir xavfsizlik talablarini o`rgatish; - yong’in va elektr xavfsizlik talablarini o`rganish.
Hayot faoliyat xavfsizligi insonni har qanday muhitdagi faoliyatida uning xavfsizligi va sog’ligini ta`minlovchi, xavfli va zararli omillardan himoya qiluvchi amaliyot va nazariyani qamrab olgan ilmiy bilimlar majmuidir.
Bu fan quyidagi asosiy masalalarni echadi: - atrof muhitning noqulay ta`sirlarini turkumlaydi (aniqlaydi va sonli baholaydi); - insonni xavflardan himoyalaydi yoki unga noqulay omillar ta`sirini oldini oladi; - xavfli va zararli omillarni ta`siri salbiy oqibatlarini tugatish; - muhitda insonga normal, shinam sharoit yaratish.
Insoniyat paydo bo’lgandan boshlab o`zining ko`payishi davomida iqtisodni rivojlantirish bilan birga xavfsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy sistemasini yaratdi. Buning oqibatida insonga zararli ta`sirlar sonini oshishiga qaramasdan insonning xavfsizligi darajasi ortdi. Hozirgi vaqtda eng rivojlangan mamlakatlarda o`rtacha umr ko`rish 77 yoshni tashkil qiladi. “Hayot faoliyat xavfsizligi” kursi inson organizmi va atrof muhit o`rtasidagi murakkab aloqalarni bilish jarayonini ko`zda tutadi. Insonni muhitga ta`siri fizikaviy qonunlar bo’yicha muhitning barcha tashkil etuvchilari (komponentlari)ni qarama-qarshi ta`sirini yuzaga keltiradi.
Inson organizmi u yoki bu ta`sirlarni moslashish chegarasidan oshmaguncha og’riqsiz qabul qiladi.
Hayot faoliyat xavfsizligi quyidagi masalalarni ko`rib chiqadi: - maishiy muhitdagi xavfsizlik; - ishlab chiqarish muhitidagi xavfsizlik; - shahar muhitidagi hayot faoliyat xavfsizligi; - atrof muhitdagi xavfsizlik; - tinchlik va urush vaqtidagi favqulodda holatlar.

Download 37.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling