1-Ma`ruza. Kirish. Hayotiy faoliyat havfsizligini ta’minlash asoslari. Reja
Faoliyat xavfsizligini ta’minlash tamoyillari, uslublari
Download 37.75 Kb.
|
LEK uzb 1
Faoliyat xavfsizligini ta’minlash tamoyillari, uslublari.
Printsiplarning ahamiyati haqida frantsuz filosof-materialisti Gel`vetsiy (1715-1771) shunday yozgan: “Ayrim printsiplarni bilish ayrim omillarni bilmaslikni oson to`ldiradi”. Printsiplar va uslublar ma`lum miqdorda o`zaro bog`liqdir. Xavfsizlikni ta`minlash vositalari - bu printsip va uslublarning konstruktiv, tashkiliy, iqtisodiy, moddiy aniq ro`yobga chiqishidir. “Printsip – uslub – vosita” xavfsizlikni ta`minlashning logik bosqichlaridir. Ularni tanlash faoliyatning aniq sharoitiga, xavf darajasiga, bahosiga va boshqa ko`rsatgichlarga bog`liq bo`ladi. ► Printsip – bu g`oya, fikr, asosiy bosh tushunchadir. ► Uslub – bu yo`l, maqsadga erishishning usulidir. ► Printsiplar va uslublar ma`lum miqdorda o`zaro bog`liqdir. ► Xavfsizlikni ta`minlash vositalari - bular keng ma`noda aytiladigan bo`lsa, printsip va uslublarning konstruktiv, tashkiliy, iqtisodiy, moddiy aniq ro`yobga chiqishidir. Xavfsizlikni ta`minlash printsiplari ularni amalga oshirish belgilariga qarab shartli ravishda 4 ta sinfga bo`linadi: ► Yo`naltiruvchi, ► Texnik, ► Tashkiliy, ► Boshqaruv Yo`naltiruvchi printsiplar - o`zida xavfsiz echimlarni topuvchi yo`nalishni aniqlovchi metodologik va ma`lumot bazasi bo`lib xizmat qiluvchi, asos soluvchi g`oyalarni taqdim etadi. Bunga quyidagi printsiplar kiradi: ► operatorning aktivligi, ► faoliyatni gumanizatsiyalashtirish, ► strukturani o`zgartirish, ► operatorni almashtirish, ► sinflashtirish, ► xavfni bartaraf qilish, ► tizimiylik, ► xavfni kamaytirish va boshqalar. Texnik printsiplar- xavfli omillarning ta`sirini bevosita oldini olishga yo`naltirilgan. Texnik printsiplar fizik qonunlarni ishlatishga asoslangan. ► Bunga quyidagilar kiradi: ► blokirovkalash, ► vakuumlashtirish, ► germetizatsiyalash, ► masofadan boshqarish, ► kompressiyalash, ► mustahkamligini oshirish, ► nozik qism elementini kiritish, ► ekranlashtirish, ► va boshqalar. Tashkiliy printsiplarga- xavfsizlik maqsadida mehnatni ilmiy tashkil qilish qoidalarini amalga oshiruvchi printsiplar kiradi. Bularga: ► vaqt bo`yicha himoyalash, ► ma`lumot berish (to`plash), ► zahiralash, ► me`yorlash, ► xizmatchilarni tanlash, ► ketma-ketlik, ► ergonomik, ► mehnatni ratsional tashkil qilish, ► va boshqalar kiradi. Boshqaruv printsiplari - xavfsizlikni ta`minlash jarayonining alohida bosqich va etaplari orasida o`zaro bog`lanish va munosabatlarni aniqlovchi printsiplarga aytiladi. Bularga: ► tenglashtirish (o`xshatish), ► nazorat qilish, ► teskari bog`lanishlik, ► javobgarlik, ► rejalashtirish, ► rag`batlantirish, ► boshqaruv, ► samaralik, ► va boshqa printsiplar kiradi. Download 37.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling