1-ma’ruza. Kirish. Intellektual transport tizimilari (itt) tuzilmasi, ta’rifi, terminlari va arxitekturasi
Download 17.46 Kb.
|
1 - Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- ITTni birinchi qatlami
2.2.ITTni boshqaruv tuzilmasi
ITTni tayanch texnologiyalari bir nechta qatlamlardan tashkil topgan. ITTni boshqaruv tuzilmasi narx-navoni optimallashtirish va fazovaviy nuqtai nazaridan optimal arxitekturaga yaqin. SHuning uchun axborotlarni iyg’ish, ishlov berish va uzatishning moyilligi va ishonchliligi, ximoyalanganligi talablarini xisobga oladigan yagona boshqaruv modelini topish lozim. Ushbu tizimning eng pastgi darajadagi birinchi qatlamda jarayonlardagi barcha ma’lumotlar mavjud bo’lgan texnik vositalar yordamida yig’iladi va boshqaruv xarakatlari amalga oshiriladi. Ikkinchi qatlamda transport tarmoqlar uchastkalarida, terminallar yoki transport vositalar yordamida tezkor boshqaruv ishlari bajariladi. Uchinchi qatlamda transport tarmog’ining yirik uchastkalarini tasniflaydi va ikkinchi qatlamning kichik tizimlaridan ma’lumotlarni olish, ko’p xolatlarda ishlov berish va unifikatsiya kilish jarayonlari bajariladi. To’rtinchi qatlam davlat transport siyosatini ifodalaydi va kuyidagi asosiy kismlardan iborat: transportni rivojlantirish fondini tashkil etish, transport infrastrukturasini moliyalashtirish, transport infrastrukturasini tashkil etish, xodisalardagi yo’qotishlarni baholash, axborotlarga statistik ishlov berish va b. ITTini alohida qatlamlari yoritilganda ta’kidlash lozimki qatlamlar o’rtasidagi kommunikatsiyalar maksimal ravishtsa qo’llab-quvvatlanadi va minimal - qo’shni qatlamlar o’rtasidagi kommunikatsiya. ITTni birinchi qatlami transport terminallar va transport vositalar, yo’lning transport—ekspluatatsion sifatlari to’g’risida statistik va dinamik ma’lumotlarni iig’ish bilan tasniflanadi. Ushbu qatlamda ma’lumotlar yig’ishdan taщqari bajarish elementlari yordamida boshqarish jarayoni ham amalga oshiriladi. Avtomobilь transportida kuyidagi ilovalar to’g’risida gap ketadi: - avtomobilь yo’llariniig transport; - ekspluatatsion xolati to’g’risida ma’lumotlarni to’plash; . transport vositalar to’g’risida ma’lumotlarni to’plash, transport terminallar to’g’risida ma’lumotlarni to’plash, ijro elementlarining xolati tugrisida ma’lumotlarni to’plash. Download 17.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling