1-ma’ruza. Kirish. Intellektual transport tizimilari (itt) tuzilmasi, ta’rifi, terminlari va arxitekturasi


Jismoniy va kommunikatsion arxitektura


Download 17.46 Kb.
bet4/4
Sana07.01.2023
Hajmi17.46 Kb.
#1083227
1   2   3   4
Bog'liq
1 - Ma\'ruza

Jismoniy va kommunikatsion arxitektura axborot va telekommunikatsion texnik vositalari va dasturiy ta’minotlariga ko’yiladigan talablarni aniqlaydi. O’rnatilgan funktsional va axborot arxitekturasi ITTni dasturiy ta’minotini va telematik elementlarining jismoniy yechimlarini belgilaydi. Qarorlarni qabul qilish mezonlari kuyidagilardir: funktsionallik, xavfsizlik, ishonchlilik va tizimni sotib olish va foydalanish uchun umumiy xarajatlari. Birinchi darajadagi jismoniy arxitekturasida ijrochi elementlarni va datchiklarni tanlash bajariladi. Birinchi va ikkinchi dajaralar o’rtasida eng muxim ma’lumotlar uzatilishi amalga oshiriladi va ular aksariyat transport oqimlarini boshqarish va yo’l xarakati xavfsizligi bilan bog’liq.
Axborotlarni uzatishda ximoyalanganligi, mustaxkamligi va ochiqligi talablarini kafolatlovchi maxsus telekommunikatsion muhit birinchi va ikkinchi darajalar o’rtasida axborotlarni uzatilishi ta’minlaydi. Ikkinchi qatlamda ma’lumotlarga ishlov berilib xududiy (zona) boshqarish amalga oshirilmoqda. U asosan ishlov beriladigan axborotlarga talablarni belgilagan holda xisoblash texnikasi yordamida amalga oshiriladi. Anik (konkret) jarayonlar talablariga mos ravishda ikkinchi va uchinchi qatlamlar o’rtasida telekommunikatsiya jarayonlari amalga oshiriladi.
Yirik transport logistika jarayonlari va axborotlarni boshqarish texnologiyalari uchinchi qatlamni belgilaydi. Xar bir jarayon talablariga asosan texnik (uskunalar) va dasturiy ta’minot vositalari tanlanadi. Uchinchi, to’rtinchi va beshinchi qatlamlar o’rtasidagi telekommunikatsion muhit ko’pchilik xollarda mavjud doimiy tarmoqlarning oddiy operatori tomonidan shakllantiriladi. Telekommunikatsion tarmoqlar muxitning yuqori sifati va axborotlarni qatlamlarga uzatishning tezligi bilan tasniflanadi. Asosiy vazifalardan biri tizimda saklanayotgan ma’lumotlarni ximoyalashdir. AQSHdagi ITTning jismoniy arxitekturasi (US Department of Transport) transport telematikasini ikkita asosiy kichik tizimga ajratadi: .

  • transportda tashish jarayoni amalga oshirilganda (yulovchi, transport vositasi);

  • transport jarayonlarini boshqarish (transport ishini boshqarish markazlari, yo’ldagi boshqaruv).

Nazorat savollari

  1. ITT amaliy arxitekturasini shakllantirishning mohiyati.

  2. ITT arxitekturasini kommunikatsion qatlamlarini mazmuni.

  3. ITT funktsional arxitekturasi: qurish vositalari va usullari.

  4. ITT qatlamlarining asosiy mazmunini yoritib bering.

  5. ITT tayanch texnologiyalari va funktsiyalari.

Download 17.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling