1-ma’ruza kirish. Kursning mazmuni. Kar’er mexanik uskunalari turlari. Ochiq kon burg’ulash stanoklari,sinflari. Burg’ulash usullari. Ma’ruza rejasi


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana21.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1373368
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-ma\'ruza

1-rasm. SBU stanogining kinematik sxemasi: 1-uzatish pnevmotsilindri, 2- 
porshen shtoki, 3-aylantirgich, 4-burg‘ilash snaryadi, 5-gusenitsali yurish uskunasi, 6-
machtani ko‘taruvchi gidrotsilindr, 7-domkrat, 8-gusenitsa, 9-maslostansiya, 10-bort 
reduktori, 11-ventilyator, 2-chang bostirish qurilmasi 
SBU-100G-35 stanogining baza modeli qattiqligi f=6-16 bo‘lgan kon 
jinslaridan diametri 100-125 mm va chuqurligi 35 m gacha bo‘lgan vertikal va 
qiya skvajinalarni burg‘ilaydi.stanokning f=12 qattiqlikdagi kon massividagi 
unumdorligi 36m/smena gacha ni tashkil etadi. 
Stanokda K-105K va K-125K koronkalari hamda P-105K va P-
125Kpnevmoudarniklari ishlatiladi. 
Stanokning yurish uskunalari ikkita gusenitsali telejkadan tashkil topgan. Har bir 
gusenitsa quvvati 5,5 kVt li elektr yuritma bilan ta’minlangan. Stanok tashqaridan 
pulьt yordamida boshqariladi. 
SBU-100P-35 stanogi SBU-100G-35 stanogining modifikatsiyasi hisoblanadi. 
Uning yurish qismi – payvand orqali qurilgan rama, ikkita bort va pnevmoshinali to‘rtta 
etaklovchi g‘ildirakdan tashkil topgan. Har bir bortning yuritmasi chervyakli reduktor va 
tishli uzatmalardan tashkil topgan. 
SBU-100N-35 – o‘ziharakatlanmaydigan stanok. Stanok machtasi qo‘l lebedkasi 
yordamida ko‘tariladi va metall palьets yordamida tutib turiladi. Stanokning burg‘ilash 
jarayonidagi muvozanatini ta’minlash uchun salazkalariga yuk taxlanadi. Stanok masofali 
pulьt yordamida boshqariladi. 
SBR – keskich koronkali aylantirib burg‘ilovchi stanok. Maydalangan kon jinslari 
shnek yordamida chiqaziladi. Ikkita modeli ishlab chiqazilgan bo‘lib 123 va 160 mm li 
skavajinalarni qattiqligi f ≤2-6 bo‘lgan kon jinslaridan o‘tadi. 
SBT – reaktiv gorelkali termik burg‘ilash stanoklari. Maydalangan kon jinslari par 
va gaz yordamida chiqaziladi. Bitta modeli ishlab chiqazilgan bo‘lib shartli 180 va 250 
mm li skavajinalarni qattiqligi f ≥14 bo‘lgan kon jinslaridan 16 m gacha chuqurlikkacha 
burg‘ilashga mo‘ljallangan 



Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling