1-ma’ruza kirish. Kursning mazmuni. Kar’er mexanik uskunalari turlari. Ochiq kon burg’ulash stanoklari,sinflari. Burg’ulash usullari. Ma’ruza rejasi


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana21.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1373368
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-ma\'ruza

III244,5OK-PV-1R markadagi dolotaning ma’nosi quyidagicha: (III) – uch 
sharoshkali; 244,5 – dolota diametri; OK – juda qatiq jinslarni burg‘ilash uchun 
mo‘ljallangan; (P) – havo bilan markaziy produvka; 1-zavod modeli nomeri. Bundan 
tashqari dolotada ishlab chiqarilgan vaqti (oy va yil) va nomeri yoziladi. Ushbu dolota 
IADC bo‘yicha 822 raqamiga ega, buning ma’nosi quyidagicha: 8- qattiq qotishma bilan 
jixozlangan, 2-eng qattiq jinslargacha mo‘ljallangan, 2-tayanch ishqalanishi havo 
yordamida sovutiladi. 


1-rasm. AO “Uralburmash” zavodida ishlab chiыarilgan III244,5OK-PV-1R 
markali uch sharoshkali dolota 
Burg‘ilanayotgan kon jinslarining xususiyatlariga bog‘liq ravishda sharoshkali 
dolotalarning 8 turi ishlatiladi (1-jadval). 
Dolota turi Ishlatilish ko‘lami 
Kon 
jinslarining 
Protodьyakonov 
shkalasi 
bo‘yicha 
qattiqlik koeffitsienti 
SHaroshkalarning 
turlari 

YUmshoq 
(myagkie) 
jinslar 

Frezerli tishlar bilan 
MZ 
YUmshoq 
abraziv 
jinslar 

O‘rnatilgan qotishmali 
tishlar bilan 

O‘rtacha 
(sredney) 
qattiqlikdagi jinslar 

Frezerli tishlar bilan 

Qattiq (tverdыe) jinslar 6-8 
Frezerli tishlar bilan 
TZ 
Qattiq abraziv jinslar 
8-14 
O‘rnatilgan qotishmali 
tishlar bilan 
TK 
Qattiq va mustaxkam 
qatlamli jinslar 
10 
Frezerli va o‘rnatilgan 
tishlar kombinatsiyasi bilan 


K
Mustaxkam 
(krepkie) 
jinslar 
10-12 
O‘rnatilgan qotishmali 
tishlar bilan 
OK
Juda 
mustaxkam 
(ochenь krepkie) abraziv 
jinslar 
14 va undan katta 
O‘rnatilgan qotishmali 
tishlar bilan 
SHaroshkali dolota va burg‘ilash shtangasi birgalikda burg‘ilash stavini tashkil etadi. 
Burg‘ilash shtangalari komplektiga bitta oxirgi shtanga va bir nechta ishchi shtangalar 
kiradi. Oxirgi shtanga (zaburnik) dolota va ishchi shtanga oralig‘ida o‘rnatiladi. SHtanga 
qalindevorli trubadan yasalib ikkala uchiga konussimon ichki rezba ochilgan quyma 
qotirilgan. Quyma ichki teshigi orqali siqilgan havo yoki aralashma o‘tadi. YUqorigi 
quyma uyasida yana bitta kichik diametrli konussimon rezьba ochilgan bo‘lib, vertlyug 
shpindelini shtangaga ulash uchun xizmat qiladi.
Ishchi shtanga katta uzunlikka ega bo‘lib oxirgi shtanganing konstruksiyasidan farq 
qiladi. Ishchi shtanganing bir uchi tashqi konussimon rezьba bilan jihozlangan. 
SHtanga diametri burg‘ilangan kon jinslarini chiqarish uchun dolota diametridan 20-
50 mm kichik olinadi. 
SHaroshkali burg‘ilash stanogining machtasi po‘lat ugolnik va shvellerlardan 
payvandlab yasalgan fermadan iborat. Machtaning pastki qismi stanok platformasi bilan 
sharnirli bog‘langan. Machtaga uni ko‘tarish va tushirish uchun mexanizm 
maxkamlangan. Bu mexanizm yordamida machta vertikal ish holatiga va gorizontal 
transport holatiga keltiriladi. Machtani ko‘tarish va tushirish gidrotsilindrlar yoki kanatli 
mexanizm yordamida bajariladi.
Machtada aylantirgich, burg‘ilash stavini uzatish va ko‘tarish, burg‘ilash stavini 
qotirish va echish mexanizmlari, shtangalarni saqlash va uzatish qurilmasi joylashadi. 
SHtangalarni saqlash va uzatish qurilmasi (separator) ning vazifasi kasseta uyalarida 
ushlab turilgan ishchi shtangalarni burg‘ilash staviga o‘tqazishni va undan ajratib olishni 
mexanizatsiyalashtiradi. Ishchi shtangalarni burg‘ilash o‘qiga uzatish uchun separator 
gidrotsilindr yordamida buriladi. 
SHtangalarni va dolotani echish va qotirish uchun echish-qotirish mexanizmi 
qo‘llaniladi. Bu mexanizm yordamida shtangalar va dolotani echish va qotirish to‘liq 
mexanizatsiyalashtiriladi. Bu mexanizm machtaning pastki qismida joylashib qisqich 
qurilmasi va rezbani siljitish mexanizmidan tashkil topgan. Bu jarayonlar gidrotsilindrlar 
yordamida bajariladi. Rezbali birikma siljitilgandan so‘ng aylantirgich yordamida 
echiladi yoki qotiriladi. 
Keskich koronkali aylantirish bilan burg‘ilovchi stanoklar ishchi uskunalari kesuvchi 
burg‘ilash dolotasi va shnekli burg‘ilash shtangasidan iborat. 
Burg‘ilash dolotasi kon jinsini buzuvchi elementining zaboy bilan kontaktiga ko‘ra: 
doimiy kontaktda bo‘luvchi – qanotli yoki panjali; o‘zgaruvchan kontakda bo‘luvchi – 
keskich tayanchlarda aylanuvchi dolota ko‘rinishida bo‘ladi. Birinchi toifadagi dolotalar 
qattiq qotishma bilan mustaxkamlangan yassi korpus va xvostovik
SHaroshkasiz burg‘ilarning tasnifi va tog‘ jinslariga ta’siri Burg‘i – burg‘ilash 
jarayonida quduq tubidagi tog‘ jinslarini mexanik maydalashga mo‘ljallangan asbob.
Tog‘ jinslariga ko‘rsatadigan ta’siri bo‘yicha burg‘ilar quyidagicha tavsiflanadi: 


1. Kesib parchalovchi burg‘ilar yumshoq (yopishqoq, plastik) tog‘ jinslari (loy, qum, 
gil, yumshoq mergel, bo‘r)ni burg‘ilashga mo‘ljallangan. Lekin burg‘ining ishchi 
qirrasini tez ishdan chiqishi sababli qattiq orazivli tog‘ jinslarini burg‘ilashga yaroqsiz 
hisoblanadi. SHuning uchun burg‘ilanayotgan tog‘ jinslarining mustahkamligiga qarab 
burg‘i tig‘iga har xil shakllar beriladi. Burg‘ining eyilishga chidamliligini oshirish uchun 
pastki qismiga yoki qirralariga qatgiq qotishmalar yopishtiriladi.
2. Maydalab parchalovchi burg‘ilar – o‘rta qattiqlikdagi va abraziv xossali zich, qattiq 
qatlam (gil, alevrolit, qumtosh, dolomit, angidrit, kremniylashgan jinslar)li tog‘ jinslarini 
burg‘ilashga mo‘ljallangan. Burg‘i ikkita va uchta konussimon, o‘zi tozalovchi 
sharoshkalardan iborat. Hozir burg‘ilash burg‘isi va kallagining maydalovchi turlari 
ko‘proq tayyorlanadi. Bu burg‘ilar bilan ishlashda, quduq tubidagi tog‘ jinslari 
sharoshkatishlarining ta’siridan emiriladi.
3. Kesib ishqalovchi sharoshkasiz PDC va yuqori qotishmali burg‘ilar – qattiq, o‘rta 
qattiq va abraziv tog‘ jinslarini emirishga mo‘ljallangan.
Burg‘i turlari Bajaradigan vazifasiga qarab burg‘ilash burg‘ilar bir necha turlarga 
bo‘linadi; 

quduq tub i tog‘ jinslarini yoppasiga parchalovchi burg‘ilar; 

quduq tubi 
tog‘ jinslarini halqasimon parchalovchi burg‘ilar; 

quduq tubi chet qismining tog‘ 
jinslarini burg‘ilashga mo‘ljallashgan burg‘ilash kallagi; 70 

qattiq qotishmali burg‘ilar; 

maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan burg‘ilar. Birinchi, ikkinchi va uchinchi turdagi 
dololalar quduqlarni chuqurlashtirishga, to‘rtinchi turi esa burg‘ilash quduqlarini 
kengaytirishga, quduq devorlarinn tekislashga vassement tiqinlarini burg‘ilash 
mo‘ljallangan. Boshqa turdagi burg‘ilash burg‘ilari va kallaklar (maxsus ishlatiladigan 
sharoshkasiz PDC burg‘ilar) texnik sharoitlarga qarab sekin (300 ayl/s) va tez (300 ayl/s 
dan ko‘proq) aylanadigan burg‘ilarga ajratiladi. SHuning uchun sekin aylanadigan 
burg‘ilarga AN va tez aylanadigan burg‘ilarga esa AV shifri berilgan. 
Kurakli burg‘ilar - konstruksiya va jihozlanishiga qarab yumshoq, o‘rtacha 
qattiqlikdagi hamda kam abrazivli tog‘ jinslarini burg‘ilashga mo‘ljallangan. Neft va gaz 
quduqlarini burg‘ilashda ikki (2P), uch (ZP va ZIR) va olti (6IR, ISM) kurakli burg‘ilar 
qo‘llaniladi. Kurakli burg‘ilar asosan neft va gaz quduqlarini rotorli va turbinli usulda 
burg‘ilashda ishlatiladi. Ikki kurakli burg‘i (2P) - korpus va bir-biriga shtampovka 
qilingan ikkita kurakdan tashkil topgan (2-rasm).
Burg‘ilash jarayonida ikki kurakli burg‘ining «baliq dumi» deb ataluvchi turi ko‘proq 
ishlatiladi. Bu burg‘ilarning diametri 76 mm dan 161 mmgacha bo‘ladi.


2-rasm. Ikki kurakli burg‘i (2P): 1 - korpus; 2 - parrak (lapastь); 3 - rezьba; 4 - yuvish 
teshigi; 5 - parrakni yopish reliti; 6 - parrakni yopish releti.
Burg‘ini burg‘ilash quvurlari birikmasiga ulash uchun uning yuqori qismida 
konussimon rezbasi, pastki qismida esa ikkita kuragi mavjud. Ikki kurakli burg‘ining 
kallagi burg‘ilash quvurlariga ulashga mo‘ljallanganssilindrik bo‘yincha va konussimon 
rezbadan tashkil topgan.
Uch kurakli burg‘i – 3P - maxsus korpusdan iborat bo‘lib, uning ustki qismida 
burg‘ilash quvur birikmasiga ulashga mo‘ljallangan qulf rezbali nippellari mavjud (3-
rasm). Undan tashqari bir-biriga nisbatan 1200 burchak ostida joylashgan burg‘ining 
uchta kuragi uning korpusiga payvandlangan.
SHaroshkali burg‘ilar - neft va gaz quduqlarinn burg‘ilashda keng qo‘llaniladi. 
SHaroshkali burg‘ilar kurakli burg‘ilarga nnsbatan quyidagi avzalliklarga ega.
1. SHaroshkali burg‘ining quduq tubiga yondosh yuzasi kurakli burg‘ilarga nisbatan 
kichik, ishchi qirralari esa uzunroq bo‘ladi. Bu esa tog‘ jinslarini emirish samaradorligini 
oshiradi.
2. Burg‘i sharoshkalarining kurakli burg‘i qesqichlaridan farqi ularning quduq tubida 
o‘z o‘qi atrofida aylanma harakat qilishidir. SHuning uchun sharoshka tishlarining eyilish 
jadalligi kurakli burg‘i qesqichlarinikidan ancha kam bo‘ladi.
3. SHaroshkalarning quduq tubida harakatlanish jarayonida burg‘ilarning aylanish 
momenti ham kam bo‘ladi.
SHuning uchun sharoshkali burg‘ilarning quduqqa siqilib kolish havfi minimumga 
tushadi.


3-rasm. Uch kurakli burg‘i (ZP): b-MS turidagi burg‘i; vsoshyu; 1 - korpus; 2 - parrak 
(lopastь); 3 — zichlovchi xalka; 4 - shtir 5 - bayonet shaybasi; b— ulash rezbasi; 7 - sopla 
orasidagi tirkish (zayur); 8 - soplani ushlab turish bolti; 9—stopor shaybasi. 
SHaroshkali burg‘ilarning kamchiligi ularning tayanchlarini ishlash muddati qisqa 
ekanligi hisoblanadi. Bu esa burg‘ini quduqlar vaqtidan oldin chiqarib olishga va 
sharoshka tishlarining tez etilishiga sabab bo‘ladi.
Konussimon sharoshkali burg‘ilar bir, ikki, uch va turt sharoshkali turlarda bo‘lishi 
mumkin. 
Bir sharoshkali burg‘i — katta chuqurliklarda joylashgan darzli, kam abrazivli
o‘rtacha qattiqlikdagi tog‘ jinslarini rotorli usulda burg‘ilashga mo‘ljallangan. Burg‘ining 
sharoshkasi shar shaklida bo‘lib,ssapfa asosi tomondan xesilgai va uning markazi 
burg‘ining aylanish o‘qida yotadi. SHuning uchun sharoshka aylanganda jins emiruvchi 
asbob elementlari quduq tubidan ajramasdan tog‘ jinsiga kesish-parchalash ta’sirini 
ko‘rsatadi. YUvish eritmasini quduq tubiga o‘tkazib yuborish uchun dolota bitta qiya 
joylashgan yuvish teshigi bilan ta’minlangan. Bu dolotalarning diametri 97, 140, 190 va 
214 ga teng (4-rasm). 
4-rasm. Bir sharoshkali burg‘i. 


5-rasm. Ikki sharoshkali burg‘ilar: a) V 112 mg;b) 2V 93S; 1- germetiklashgan burg‘i 
tayanchining qismi (seksiyasi); 2,6-yon va markaziy yuvish teshiklari; 3,4,5- sharikli, 
rolikli podshipniklar. 
Ikki sharoshkali burg‘i - yumshoq, qovushqoq va o‘rtacha qattiqlikdagi qatlamlardan 
tashkil topgan tog‘ jinslarini burg‘ilashga mo‘ljallangan (5-rasm). Burg‘i asosan 
korpusdan va bir-biriga po‘lat bilan shtamplangan ikkita kurakdan iborat. Hozirda 
diametrlari 46, 59, 93, 112, 132, 151, 190 va 214 mm bo‘lgan ikki sharoshkali burg‘ilar 
tayyorlanadi. 
Uch sharoshkali burg‘ilar - neft va gaz quduqlarini burg‘ilashda asosiy asbob 
hisoblanadi. Quduqlarni hajmini burg‘ilash uchun seksiyali uch sharoshkali burg‘ilar 
tayyorlanadi (6-rasm). burg‘ilarning korpusi alohida payvandlangan seksiyalardan iborat 
bo‘lib, ularga sharoshkalar o‘rnatiladi. SHaroshkali burg‘ilarning turiga, o‘lchamiga, 
qo‘llash sharoitlariga qarab burg‘i sharoshkalari xar xil konstruksiyalarda tayyorlanadi. 
SHaroshkasiz PDC burg‘ilar - chuqur quduqlarning pastki intervallari (2500-3000 m) 
da joylashgan kam, o‘rta abrazivli hamda qattiq (ohaktosh, argillit, zich gil, gilli qumtosh, 
mergel, dolomit va slanets) tog‘ jinslarini burg‘ilashga mo‘ljallangan. Bu tog‘ jinslarini 
sharoshkali burg‘ilarda burg‘ilanganda ish unumdorligi keskin pasayadi. Bunday 
holatlarda sharoshkasiz PDC burg‘ilardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Neft 
va gaz quduqlarini burg‘ilashda sharoshkasiz PDC burg‘ilar quyidagi abzalliklarga ega: 
1) tushirish va kutarish operatsiyalarining sonini kamaytiradi; 2) mablag‘larni tejaydi; 3) 
vertikal quduqlarni burg‘ilashda sodir bo‘ladigan egrilanishlarning sur’atini kamaytiradi; 
4) quduqlarni burg‘ilashda uning reys tezligi yuqori bo‘lishini ta’minlaydi. SHaroshkasiz 
PDC burg‘i kukunsimon qattiq qotishmadan tayyorlangan fasonli kallakdan va po‘lat 
korpusdan tashkil topadi. SHaroshkasiz PDC burg‘i spiralli, radialli va pogonali 
impregnirlangan bo‘ladi. SHaroshkasiz PDC burg‘i tarkibida sharoshkasiz 
PDC burg‘ilash koronkasi yoki burg‘i, kernoluvchi moslama, koronka eyilganda 
quduq diametrini saqlovchi kengaytirgich va boshqa anjomlar bo‘ladi. 


6-rasm. SHaroshkasiz PDC burg‘ilarning turlari: a-radialli burg‘i; b-pog‘onali burg‘i; 
v-spiralli burg‘i; g-impregnirlangan burg‘i. 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling