12-laboratoriya ishi payvand birikmalarda uchraydigan nuqsonlar, ularning hosil bo‘lish sabablari va oldini olish tadbirlari Ishdan maqsad


Download 0.55 Mb.
Sana16.06.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1518457
Bog'liq
12-laboratoriya


12-LABORATORIYA ISHI
Payvand birikmalarda uchraydigan nuqsonlar, ularning hosil bo‘lish sabablari va oldini olish tadbirlari
Ishdan maqsad. Payvand birikmalarning mustahkamligiga putur yetkazuvchi nuqsonlarni ko’z bilan (zarur bo’lsa lupa yordamida) qarab aniqlash va hosil bo’lish sabablarining oldini olish tadbirlarini belgilash.
Umumiy ma’lumot. Ma’lumki, Payvand birikmalarda qqator sabablarga ko’ra nuqsonlar, jumladan chok o’lchamlarining chizmada ko’rsatilganiga to’h’ri kelmasligi, chokda yoki asosiy metallda o’yilgan, kertim joylar, darzlar, g’ovaklar, chala payvandlangan joylar va boshqalar uchrashi mumkin, ular payvand birikmalar sifatiga putur yetkazadi. Bu nuqsonlar zagatovkalar materialiga, qalinligiga, payvandlash usuliga, ularning payvandlashga qanchalik talabga javob beradigan tarzda tayyorlanganligiga, payvandlash rejimining to’g’ri belgilanganligiga, payvandchining malakasiga bog’liq. Payvand birikmalar sifatini kuzatishning qator usullari (magnitaviy, ultra tovush, roentgen va boshqalar) bo’lib, ularning qaysi biridan foydalanish payvand birikmaning tabiati, o’lchamlari, seriyasi va muhimligiga bog’liq, 34- jadvalda payvand birikmalarda uchrovchi asosiy nuqsonlar xili, ularning hosil bo’lish sabablari va oldini olish tadbirlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Yuqorida aytib o’tilgan nuqsonlardan tashqari, ayniqsa, toblanishga moyil, yupqa metal zagatovkalarni payvandlashda hosil bo’ladigan ichki zo’riqish kuchlanishlari payvand birikmaning deformatsiyalanishiga, bazan darz ketishiga olib keladi.
Shu boisdan bunday zagatovkalarni payvandlashda qator texnologik tadbirlar korishga to’g’ri keladi: Jumladan suyultirilgan o’tkaziladigan metall hajmini, choklar sonini kamaytirish ila ularni simmetrik bostirish va zarur bo’lsa, maxsus mahkamlovchi moslamalardan foydalanish tadbirlari ko’riladi.



Nuqsonlar turi va tabiati

Sxematik tasviri

Xosil bo’lish sabablari

Oldini olish tadbirlari

1

Chok o’lchamlari – chizma talabiga javob bermasligi



Zagatovkalarni qalinligiga ko’ra GOST talablari bo’yicha tayyorlamaslik, payvandlash usulini va rejimini to’g’ri belgilamaslik, payvandchi malakasining pastligi va boshqalar

Zagatovkalarni qalinligiga ko’ra GOST talabiga javob beradigan tarzda tayyorlash, payvandlash usulini to’g’ri belgilash, chokni malakali payvandchi bostirmog’i va boshqalar

2

Chokka yondashgan joyida o’yilgan kemtiklar bo’lishi



Yoy yoki alanga quvvatinining xaddan tashqari kuchliligi, noqulay chok bostirilishi, metallning quyishi, payvandchi malakasining pastligi va boshqalar

Yoy va alanga quvvatini rostlab chok malakali payvandchi tomonidan bostirilmo’gi lozim

3

Chokda darzlar hosil bo’lishi



Toblashishga moyil metall zagatovkalari payvandlashda ancha katta ichki zo’riqish kuchlanishlarining hosil bo’lishi, payvandlanuvchi metall zagatovka shaklining murakkabligi, bir tekisda sovishini ta’minlamaslik, payvandchi malaksining pastligi va boshqalar

Payvandlashda zagatovka materiali, shakli va o’lchamlariga ko’ra payvandlash usulini to’g’ri belgilash, bir tekisda sovishini ta’minlash, chokni past malakali payvandchi tomonidan bostirilishi va boshqalar

4

Chokda payvandlanmay qolgan joylar bo’lishi



Belgilangan texnologik jarayonga to’la rioya qilmaslik, payvandchi malaksining pastlgi

Belgilangan texnologik jarayonga to’la rioya etgan holda chokni malakali payvandchi tomonidan bostirmoq

5

Turli o’lchamli a-ichki; b-tashqi bo’shliqlar mavjudligi



Elektrod qoplamaning namligi, alanganing noto’g’ri rostlanganligi, chokbop simning asosiy metall tarkibiga mosmasligi, payndlash joylarida zang, moy va bo’yoqlar bo’lishi, chok metali qotish davrida ajralayotgan gazlarning to’la tashqariga chiqishga ulgurmasligi va boshqalar

Tegishli quruq qoplamali elektrodlardan foydalanish, normal alangada asosiy metall tarkibiga mos chokbop simlardan foydalanish, payvandlanadigon joylarni zang, moy, bo’yoqlardan tozalash va boshqalar

6

Chokda shlak qo’shimchalar, g’ovakliklar bo’lishi



Zagatovkalarni payvandlash joylarining zang,moy iflosliklardan tozalanmaganligi zanglagan chokob simlardan foydalangan lik, payvndlashda chokni vannasining havoning zararli ta’siridan yaxshi muxofaza etilmasligi, yoyning barqaror yonmasligi va boshqalar

Zagatovkalarni payvandlash joylarining zang,moy iflosliklardan tozalash, sifatli elektrod va chokbop simlardan foydalanib, normal tartibda malakali payvandchi tomonidan chok bostirish va boshqalar

Foydalaniladigan uskuna, moslama va asboblari
Turli nuqsonlari bor payvand birikmalar, jilvir qog’oz, chizg’ich, shtangensirkul va boshqalar.
Ishni bajarish tartibi

  1. Berilgan payvand birikmalarni sinchiklab ko’zdan kuzatish natijalari asosida mavjud nuqsonlar xili, tabiati va o’lchamlari aniqlash.

  2. Bu nuqsonlarning hosil bo’lish sabablari va oldini olish tadbirlarini belgilash.

Payvand birikmalarni payvandlashda deformatsiyalanish sabablari va ularning oldini olish tadbirlarini aytib bering.
Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling