1-ma’ruza kirish. Kursning mazmuni. Kar’er mexanik uskunalari turlari. Ochiq kon burg’ulash stanoklari,sinflari. Burg’ulash usullari. Ma’ruza rejasi


Burg‘ilash stanoklari ishchi uskunalari


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana21.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1373368
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-ma\'ruza

Burg‘ilash stanoklari ishchi uskunalari 
Burg‘ilash stanoklari ishchi uskunalari burg‘ilash asbobi, machta, machtani ko‘tarish 
va tushirish, shtangalarni saqlash va uzatish, burg‘ilash stavini echish va qotirish 
mexanizmlaridan tashkil topgan.
SHaroshkali stanoklar burg‘ilash asbobi burg‘ilash shtangasi va sharoshkali 
dolotadan tashkil topgan. SHaroshkali burg‘ilash stanoklarida uchsharoshkali dolota eng 
ko‘p ishlatiladi. Bir va ikki sharoshkali dolotalar chegaralangan doiralarda, ko‘p 
sharoshkali dolotalar esa katta diametrli (490 mm dan oshiq) skvajinalarni hosil qilishda 
ishlatiladi. 
Uchsharoshkali doloto sharoshkalar o‘rnatiladigan bir-biriga payvandlangan uchta 
panjadan iborat. Panjalarning yuqori qismi kesik konus shaklida birlashtirilgan bo‘lib 
burg‘ilash shtangasini qotirish uchun rezьba hosil qilingan. Dolotaning sharoshkalari va 
panjalari 20XN3A, 12XN2, 17N3MA po‘latlariga ximiyaviy va termik ishlov berish bilan 
tayyorlanadi. 
SHaroshkali dolotalar konstruksiyasi bo‘yicha: tishli (tishlar sharoshkaning materiali 
bilan bir xil); shtirli (shtir uchiga pona yoki sferik ishchi yuzalissilindrik qattiq qotishma 
yopishtiriladi); tishli-shtirli.ssilindrik qotishma VK88 yoki VK11V qattiq qotishmasidan 
tayyorlanadi. 
AO “Uralburmash” zavodida ishlab chiыarilgan III244,5OK-PV-1R markali uch 
sharoshkali dolota tuzilishini ko‘rib chiqamiz (1-rasm). 
Ushbu dolota payvandlab tutashtirilgan uchta seksiya (panja) 2, sharoshka 1 va 
rezьbali bog‘lovchi nippelь dan tashkil topgan. SHaroshka tayanch qismga (R-SH-R) 
ko‘rinishda bog‘lanadi. R-rolikpodshipnikli, SH-sharikli (zamkovыy). Sxemada 
rolikpodshipniklar - 6 va 8, sharikpodshipnik -7. SHaroshka tayanchga knal 5 orqali 
o‘tadigan fiksator yordamida maxkamlanadi. Havo markaziy kanal 4 orqali seksiya kanali 
12 ga uzatiladi. Ushbu dolota sharoshkasida o‘rnatilgan tishlar shakli – yarimsferik ishchi 
boshchalidir. Tishlarning joylashish shakli shunday tanlanganki tishlar bir-birlarini 
tozalash imkoniga egadir.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling